Amir Temur mahallasi — Forish tumani (Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) hududida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini.
Tarixi Amir Temur mahallasi Forish tumani hokimining 2019-yil 27-maydagi 205-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
Geografiyasi Mahalla Forish tumanining quyidagi mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan chegaradosh:
Oʻzbekiston mahallasi; Bogʻdon mahallasi; Oqtepa mahallasi; Qoraobdol ota mahallasi; Qoʻlba mahallasi.
Hududning umumiy yer maydoni 2631,8 gektarni tashkil etadi. thumb|300x300px|Amir Temur mahallasi umumiy koʻrinishi
Aholisi Mahallada 2025-yil holatiga koʻra 4352 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 840 ta xonadon va 938 ta oila mavjud.
Iqtisodiyoti Mahallada iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi hisoblanadi. Aholi asosan dehqonchilik, chorvachilik hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shugʻullanadi.
Ijtimoiy infratuzilma Mahallada ijtimoiy infratuzilma obyektlari bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Aholiga taʼlim, tibbiyot va kommunal xizmatlar koʻrsatish tizimi mavjud.
Manbalar
Shuningdek qarang
Forish tumani Jizzax viloyati