Adile Xonimsulton (; 1900-yil 12-noyabr — 1979-yil) — Usmoniylar malikasi, Naima Sulton va Kamoliddin poshoning qizi, sulton Abdulhamid II ning nabirasi.
Yoshligi Adile Xonimsulton 1900-yil 12-noyabrda Ortaköy saroyida tugʻilgan. Uning otasi Mehmed Kamoliddin posho Gʻozi Usmon posho va Zatıgül xonimning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Naima Sulton esa Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulhamid II va Bidar Sultonning qizi edi. Uning Sultanzoda Mehmed Cahid Usmon bey ismli akasi boʻlgan. Adile Sulton Ortaköy saroyida taʼlim olgan.
1904-yilda Adile 4 yoshga toʻlganida uning ota-onasi ajrashgan. Bunga otasining Murod V ning qizi Hadicha Sulton bilan munosabati sabab boʻlgan. Otasi barcha harbiy unvon va mukofotlaridan mahrum etilib, Bursaga surgun qilingan. 1909-yilda otasi Istanbulga qaytib kelgan va 1920-yilda vafot etgan. Onasi esa 1907-yilda İşkodralı Jaloliddin posho bilan turmush qurgan.
Nikohlari va avlodlari Adilening birinchi eri Shahzoda Mahmud Sayfiddin va Nervaliter xonimning oʻgʻli, oʻzidan 3 yosh kichik Shahzoda Mahmud Shavkat boʻlgan. Nikoh 1922-yil 4-mayda Üsküdar saroyida boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Adile 22 yoshda, Mahmud esa 19 yoshda edi. Ularga yashashlari uchun Kuruçeşme saroyi berilgan. 1923-yil 27-yanvarda juftlikning yagona farzandi, qizi Hamida Nermin Nezahet Sulton dunyoga kelgan. Nerminda suyak sili kasalligi boʻlib, bu kasallik butun umri davomida saqlanib qolgan.
1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi aʼzolari quvgʻin qilinganda Adile va uning eri avval Fransiyaga, soʻng Misrga ketishgan. Ularning qizi Nerminni buvisi Naima olib ketgan, chunki u Adile va Mahmudni qiziga qarashlari uchun juda yosh deb hisoblagan. Nermin keyinroq u bilan Albaniyada ulgʻaygan. Juftlik 1928-yil 28-martda Qohirada ajrashishgan.
1930-yilda Adile kelib chiqishi turk millatiga mansub badavlat kishi Orhan El-Bekriga turmushga chiqqan. Juftlikning uch farzandi: ikki qizi va bir oʻgʻli boʻlgan. Qizlarining ismi Ayten El-Bekri, Kubilay El-Bekri va oʻgʻli esa Shermin El-Bekri edi. Oʻgʻli Kubilay kelib chiqishi turk boʻlgan Gönül xonimga uylangan. Qizi Ayten esa mashhur misrlik professor Zekeriya Nasrga turmushga chiqqan. Shermin va Aytenning ikkalasi ham Fransiyaning Parij shahrida yashashgan.
Vafoti 1952-yilda malikalarga Turkiyaga qaytishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilingan, biroq Adile yurtiga qaytmagan va Qohirada qolishni tanlagan. U 1979-yil fevralida 78 yoshida Qohirada vafot etgan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1900-yilda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari