Ernestine von Fürth, qizlik familiyasi Kish (5-oktabr 1877, Praga — 31-oktabr 1946, Vashington, Kolumbiya okrugi) — Avstriyalik, yahudiy ayollar huquqlari faoli, „Neuen Wiener Frauenklub“ (Yangi Vena ayollar klubi) tashkilotchilaridan biri, Avstriya ayollari saylov huquqi qoʻmitasi raisi va Avstriyadagi „“ (Ayollar saylov huquqi jurnali) muharriri ediElisabeth Malleier, „Making the world a better place.“ Welfare and politics, welfare as politics? Activities of Jewish women in Vienna before 1938, Aschkenas, Volume 16, Issue 1, pp. 261–268.
Hayoti Ernestine von Fürth Avstriya tarixida muhim faollardan biri boʻlishiga qaramay, uning shaxsiy hayoti haqida nisbatan oz maʼlumot yetib kelgan. Boy pragalik oilada oʻsgan bolib, uning tugʻilgan vaqtidagi ismi Ernestine Kisch boʻlgan, u saroy yuristi ga turmushga chiqqan, oʻsha paytda u venger Sotsial-siyosiy partiyasi (Sozialpolitische Partei) aʼzosi boʻlgan. Ikkalasi ham 1905-yilda yahudiylik dinidan chiqib, boshqa dinga oʻtishgan. 1906-yilda Ernestine von Fürth Leopoldine Glekel bilan birga Avstriya ayollari saylov huquqi qoʻmitasiga asos solgan. Avvaliga ayollarning saylov huquqi boʻyicha qonuniy uyushmasini tuzishning imkoni boʻlmagan, chunki qonun ayollarni bunday uyushmalarga aʼzo boʻlishini taqiqlardi. 1912-yil mart oyida Ernestine von Fürth Venada boʻlib oʻtgan birinchi Avstriya ayollari saylov huquqi konferensiyasini chaqirishda yetakchi ishtirokchilardan biri boʻlgan; bu konferensiya maqsadi Sisleytaniyadagi ayollarning saylov huquqi uyushmalarini yagona soyabon tashkilot ostida birlashtirish edi.
Uning oʻgʻli yurist va iqtisodchi Herbert Furth boʻlib, u ham Ludwig von Mises va Friedrich August von Hayeklar bilan bir doirada boʻlgan. Ona-bola 1938-yilda milliy sotsializm va natsistlar rejimi davrida taʼqibdan qochish uchun birga Amerika Qoʻshma Shtatlariga qochib ketishgan.
Ernestine von Fürth 1946-yil 31-oktabrda Vashingtonda vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Elisabeth Malleier, Jüdische Frauen in der Wiener bürgerlichen Frauenbewegung 1890–1938. 2001, especially p. 59–65. Margarete Grandner, Edith Saurer, Geschlecht, Religion und Engagement: Die jüdischen Frauenbewegungen im deutschsprachigen Raum (19. und frühes 20. Jahrhundert). Böhlau Verlag, Vienna 2005, .
Turkum:Suffrajist ayollar Turkum:Ayollar huquqlari