Bradford gilami aslida Bradford grafigiga tegishli boʻlgan va ilk bor Castle Bromwichda saqlangan, XVII asr boshlarida (taxminan 1600–1615-yillarda) yaratilgan kanvas ustidagi ish kashtachilik namunasidirDigby 1964, p. 102, plates 46 and 47.
Gilamning oʻlchami . Viktoriya va Albert muzeyida u butun bir devorni egallaydi. Biroq u na devor, na pol uchun emas, balki stol yopqichi sifatida yaratilgan. Uning stol chetlariga osilib turishi uchun moʻljallangan, kengligi bordyuri boʻlib, stol ishlatilayotgan paytda u olib qoʻyilgan yoki zigʻirpoyadan tikilgan sochiq bilan yopilganV&A Museum, Life in Tudor and Stuart times.
Gilam zigʻirpoya asosida chodir chokida ishlangan ipak kashtachilik ipi bilan bajarilganLevey & King 1993, p. 23. Tikish juda mayin (dyuymiga 400 chok, santimetriga 62 chok) boʻlib, kamida 23 xil rangda ishlangan. Vaqt oʻtishi bilan chodir choklarining tarangligi gilam shaklini buzib yuborgan. Bu, mebel jihozlari uchun mashhur boʻlgan, professional kanvas ishining Yelizavetalar davri]]ga xos namunalaridan hisoblanadi. Maydon kompozitsiyasi uzum tokidan panjara shaklida. Chegara esa, insonning yovvoyilikdan sivilizatsiyaga oʻsishini ifodalaydi, deb hisoblanadiLevey & King 1993, p. 16; unda turli qishloq mashgʻulotlari pastoral landshaft fonida aks ettirilgan boʻlib, u „bizgacha yetib kelgan Yelizavetalar davriga oid eng goʻzal janr sahnalari majmuasi“ sifatida tasvirlangan. Unda bir mulklik uy, choʻpon, yuk otiga ortilgan tovari bilan sayyor savdogar, zodagonlar va xonimlar, ov manzaralari, sut sogʻuvchi qizlar, tegirmonchilar, suv tegirmonilar va shamol tegirmonilar tasvirlangan.
Manbalar