Maximilian William Kilman (1997-yil 23-mayda tugʻilgan) — professional futbolchi. Hozirda Premyer-liganing West Ham United jamoasida markaziy himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.
Yoshligi Kilman London hududida ukrainaliklar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Odessa, onasi esa Kiyevdan boʻlib, Kilman ingliz tilidan tashqari rus tilida ham gaplasha oladi. Kilman 9 yoshgacha West Hamda yashagan, soʻngra shimoliy-gʻarbiy Londonga koʻchib oʻtgan.
Klublardagi faoliyati Dastlabki faoliyati Kilman faoliyatini Fulham akademiyasida boshlagan. O‘smirligida u futzal bo‘yicha Genesis Futsal Club jamoasiga qo‘shilgan. Bu orada katta futbolni ham davom ettirgan. U keyinchalik Gillingham akademiyasiga o‘tgan. Keyinchalik, 2015-yilda Maidenhead United jamoasiga qo‘shilgan. Undan avval Welling United uchun London katta kubogida bitta o‘yin o‘tkazgan edi. 2016–2017-yilgi mavsumda Kilman Janubiy futbol ligasining Marlow klubiga ijaraga berilganMeet the Premier League new boy who represents England… at futsalWolves defender Max Kilman explains how Futsal aided his pathway into the pro game.
Keyingi mavsumda ijaradan qaytgach u 2017–2018-yilgi mavsumning birinchi o‘yinida Maidstone United jamoasiga qarshi oʻyinda oʻz debyutini nishonlagan. Shu bilan birgalikda u futzal faoliyatini davom ettirgan holda Helvécia klubi bilan shartnoma imzolagan. Maidenhead uchun 39 ta o‘yin o‘tkazgan Kilman 2018-yil avgust soʻnggi kunlarida, transfer oynasi yopilish pallasida Wolverhampton Wanderers jamoasi bilan shartnoma imzolaganUnder-23s Make Triple Signing.
Wolverhampton Wanderers Kilman mavsumni Wolverhamptonning U-23 jamoasida oʻtkazgan. 2019-yil aprel oyida asosiy jamoa bosh murabbiyi Nunu Espirito Santo uni yuqori darajali markaziy himoyachi sifatida e'tirof etganMax Kilman '100 per cent integrated' into Wolves squad. Kilman birinchi marta asosiy jamoa safida 2018-yil dekabr oyida zaxira oʻyinchilari tarkibiga qoʻshilgan. 2019-yil 4-may kuni Premyer-ligadagi Fulhamga qarshi o‘yinda o‘z debyutini o‘tkazgan. Shu tariqa u birorta ham ijaraga chiqmay, toʻgʻridan-toʻgʻri Non-ligadan Premer-ligaga oʻtgan birinchi futbolchiga aylangan. 2019–2020-yilgi UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichi ikkinchi oʻyinida u FC Pyunikka qarshi toʻliq oʻyinda maydonga tushgan va yevrokuboklar doirasida Wolverhampton safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazgan.
2020-yil 21-aprelda Kilman bilan shartnoma 2022-yil yozigacha uzaytirilgan. 2020-yil 21-oktabr kuni Wolverhampton Kilman bilan 2025-yilgacha yangi shartnoma imzolanganini e’lon qilgan.
2021-yil 1-noyabr kuni Kilman Evertonga qarshi oʻyinda burchakdan boshi bilan jamoa safidagi ilk golini urgan. Bu Kilman uchun Wolverhampton safidagi 44-oʻyinidagi birinchi va Premyer-ligadagi ilk goli edi. To‘rt kundan so‘ng Kilman jamoa bilan 2026-yilgacha moʻljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
2023-yil 8-aprel kuni Kilman Chelseaga qarshi oʻyinda jamoa safidagi 100-oʻyinini oʻtkazgan. 2023-yil 11-avgust kuni, Ruben Neves jamoani tark etgandan soʻng Kilman jamoa sardori etib tayinlangan va ikki kundan soʻng u jamoa bilan 2028-yilgacha moʻljallangan yangi besh yillik shartnoma imzolagan.
2023-yil 4-noyabr kuni Kilman Sheffield Unitedga qarshi oʻyinda Premyer-ligadagi 100-oʻyinini oʻtkazgan. 2023-yil 30-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Evertonga qarshi 3-0 hisobidagi g‘alabali oʻyinda oʻzining ikkinchi golini urgan. Ushbu gol uning jamoa sardori sifatidagi birinchi goli edi.
West Ham United 2024-yil 6-iyul kuni Kilman West Ham Unitedga 40 million funt sterling evaziga o‘tgan. U klub bilan yetti yillik shartnoma imzolagan. Uning sobiq klubi Maidenhead United ushbu kelishuvdan 4 million funt sterling ishlab olgan, chunki ular Kilman Wolverhamptonga sotilganda shartnomaga 10 foizlik ulush bandini ham kiritgan edi.
Xalqaro faoliyati Kilman 18 yoshida Angliya futzal terma jamoasidagi debyutini oʻtkazgan va terma jamoa safida 25 ta oʻyinda ishtirok etgan. Uning futzal faoliyati 2018-yil avgust oyida Wolverhamptonga o‘tgach to‘xtatilgan. U ota-onasi orqali Rossiya yoki Ukraina terma jamoasida ham oʻynash huquqiga ega edi.
2021-yil mart oyida Ukraina terma jamoasi murabbiyi Andrey Shevchenko FIFAga Kilmanning Ukraina terma jamoasida o‘ynashiga ruxsat berishini so‘rab murojaat qilgan edi, biroq FIFA uning Angliya futzal terma jamoasidagi ishtiroki tufayli uni Ukrainaga o‘tishini rad etgan.
Manbalar
Havolalar
Profile West Ham United F.C. veb-saytida
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Gillingham F.C. futbolchilari Turkum:Welling United F.C. futbolchilari Turkum:Maidenhead United F.C. futbolchilari Turkum:Marlow F.C. futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari