Luis Guilherme Lira dos Santos (2006-yil 9-fevralda tug'ilgan) - braziliyalik futbolchi. Hozirda Angliya Premyer-ligasining West Ham United klubida vinger (qanot hujumchisi) sifatida o'ynaydi.
Klublardagi faoliyati Palmeiras Braziliyaning Aracaju shahrida tug‘ilgan Luis Guilherme dastlab o‘z shahridagi bir qator futbol maktablarida o‘ynagan. So‘ngra Luis 2017-yilda Palmeiras klubiga borib qo‘shilgan. U 2022-yil iyun oyida klub bilan o‘zining birinchi professional shartnomasini imzolagan. 2022-yil yanvar oyida Luis Guilherme Palmeiras safida birinchi marta 2022-yilgi Copa São Paulo de Futebol Júnior turnirini yutib olgan va ushbu turnirni yutgan jamoaning bir qismi bo‘lgan. U 2023-yil noyabr oyida klub bilan shartnomasini yangilagan. Shundan so'ng uning maoshi oshirilgan va shartnoma bo'yicha transfer summasi €55 million etib belgilangan.
Luis Guilherme o'zining asosiy jamoadagi debyut o'yinini 2023-yil 12-aprelda, Copa do Brasil turnirida Tombensen jamoasiga qarshi o‘yinda amalga oshirgan. Luis ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan va jamoasining 4-2 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissas qo'shgan. 2024-yil 24-aprelda u Palmeiras safidagi ilk golini kiritgan. Luis Guilherme Independiente del Valle jamoasiga qarshi o‘yinning 96-daqiqasida o‘yindagi g‘alaba golini kiritgan. Ushbu g'alaba orqali u jamoasiga 2024-yilgi Copa Libertadores guruh bosqichida 3-2 hisobida g‘alaba qozonishda yordam bergan.
West Ham United 2024-yil iyun oyida u Angliya Premer-ligasining West Ham United klubi bilan shartnoma imzolagan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. 2024-yil 13-iyun kuni klub Guilherme bilan besh yillik shartnoma imzolaganini e’lon qilgan. Transfer rasmiy ravishda ertasi kuni transfer oynasi ochilganda yakunlangan . U West Ham United safidagi o'z debyutini 2024-yil 5-oktabrda Ipswich Townga qarshi o‘yinda, 85-daqiqada Mohammed Kudusning o‘rniga zaxiradan maydonga tushib, 4-1 hisobidagi g‘alabada ishtirok etgan.
Xalqaro faoliyati Luis Guilherme 2022-yilda Braziliya U17 jamoasiga Montaigu turniri uchun chaqirilgan va u to‘rtta o‘yinda uchta gol urib, 38 yildan so‘ng Braziliyaga turnir g‘alabasini qaytarishga yordam bergan.. Keyinchalik, u 2023-yilda Janubiy Amerika U-20 chempionati uchun Braziliya U20 jamoasiga chaqirilgan. Luis Guilherme XXI asrda Braziliya U20 jamoasi tarkibida ishtirok etgan eng yosh o‘yinchi hisoblanadi. U beshta o‘yinda qatnashgan, umumiy hisobda 191 daqiqa maydonda bo‘lgan va Braziliyaning 12 yildan beri birinchi marta Janubiy Amerika U20 chempionatida g‘olib chiqishiga va FIFA U-20 Jahon Chempionatiga sakkiz yildan so‘ng yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga o'zining ulkan hissasini qo‘shgan.
O‘yin uslubi Texnik jihatdan mohir qanot hujumchisi bo‘lgan Luis Guilherme maydonda yaxshi qarorlar qabul qilish qobiliyati bilan tanilgan. U 2022-yilda Copa do Brasil Sub-17 finalida Vasco da Gamaga qarshi o‘yinda o'z tezligini 36,4 km/soatga chiqara olgan. U o‘zining ilhom manbai sifatida Argentina afsonasi Lionel Messi va Rivaldo nomlarini tilga oladi. 2023-yil 11-oktabrda u The Guardian ingliz gazetasi tomonidan dunyoning 2006-yilda tug'ilgan eng yaxshi futbolchilari qatorida, Palmeirasdagi jamoadoshlari Endrick va Vitor Reis bilan birga tilga olingan.
Manbalar
turkum:2006-yilda tugʻilganlar turkum:Yashayotgan insonlar turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari turkum:SE Palmeiras futbolchilari turkum:West Ham United F.C. futbolchilari turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar