Konstantinos "Dinos" Mavropanos (1997-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — yunon professional futbolchisi. Premyer-liganing West Ham United klubi va Gretsiya milliy jamoasida himoyachi hisoblanadi. Asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi, lekin u oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashi mumkin.

Klublardagi faoliyati PAS Giannina Afina shahrida tugʻilgan Mavropanos oʻz faoliyatini sakkiz yil davomida Apollon Smyrnis yoshlari safida boshlagan. Apollon safidan ketgach u 2016-yil yanvar oyida Gretsiya superligasining PAS Giannina jamoasiga qoʻshilgan va klub bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. Ushbu transfer PASning sobiq egasi Giorgos Christovasilisning harakatlari natijasida amalga oshirilgan Θέλουν υπομονή και στήριξη οι νέοι παίκτες. Mavropanos PAS Giannina uchun birinchi rasmiy oʻyinini 2016-yil 29-noyabrda Gretsiya kubogida oʻtkazgan. U oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 1-0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda toʻliq ishtirok etgan.

Mavropanos Superliga doirasidagi debyutini 2017-yil 5-aprelda Veriaga qarshi oʻtkazgan. U oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 57 daqiqa oʻynagan. Ushbu oʻyinda PAS Giannina 3-0 hisobida magʻlub boʻlgan. U klub safidagi birinchi golini 2017-yil 19-avgustda Asteras Tripolis jamoasiga qarshi, mavsumning ilk oʻyinida kiritgan. Uning 19-daqiqadagi goli jamoaning 2-1 hisobida gʻalaba qozonishiga sabab boʻlgan. 2017-yil 27-avgustda ΑEK Athensga qarshi durang oʻyinda Mavropanos o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Mavropanos PAS Giannina safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushgan va uchta gol urgan.

Arsenal

2018-yil 4-yanvarda Mavropanos Premyer-liganing Arsenal klubiga taxminan 2,1 million yevro evaziga transfer qilingan. 15-yanvar kuni u Arsenalning 23 yoshgacha boʻlgan jamoasi safida Manchester United zaxira jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonishga yordam bergan. 2-fevral kuni u Yevropa Ligasining pley-off bosqichida maydonga tushgan. 29-aprel kuni Mavropanos oʻzining Premyer-ligadagi debyutini Old Trafford stadionida Manchester United jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, Oʻsha oʻyinda Arsenal 2-1 hisobida magʻlub bo‘lgan. Uning oʻyini muxlislar va futbol mutaxassislari tomonidan maqtovlarga sazovor boʻlgan. Arsenalning keyingi oʻyinida, Burnleyga qarshi oʻyinda Emiratesdagi oʻz debyutini amalga oshirgan. Oʻsha oʻyin Arsène Wenger uchun Arsenal bosh murabbiyi sifatidagi soʻnggi oʻyini boʻlgan. Jamoa murabbiyni kuzatgan holda 5-0 hisobida g‘alaba qozongan. Mavropanos Leicester Cityga qarshi safarda boʻlgan oʻyinda ham maydonga tushgan, lekin 15 daqiqa oʻtgach maydondan chetlatilgan.

2018-yil oktabr oyining boshida Mavropanos qorin muskullaridan jarohat olgan va dekabrning oʻrtalariga qadar safdan chiqqan. 2019-yil 15-yanvarda u 23 yoshgacha boʻlgan jamoa safida Manchester Cityni 5-1 hisobida magʻlub etgan. Oʻsha oʻyinda u 70 daqiqa oʻynagan. 3-fevral kuni Mavropanos 2018-2019-yilgi mavsumdagi ilk oʻyinini Manchester City klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda uning jamoasi 3-1 hisobida magʻlubiyatga uchragan. 12-may kuni mavsumning so‘nggi o‘yinida u markaziy himoyada Shkodran Mustafi bilan birga oʻynagan, lekin 30 daqiqadan soʻng jarohati sabab Laurent Koscielny bilan almashtirilgan.

1. FC Nürnberg (ijara) 2020-yil 13-yanvarda Mavropanos oʻyin amaliyoti yoʻqligi sababli Arsenaldan 2. Bundesliga klubi 1. FC Nürnbergga 2019-2020 mavsumining qolgan qismi uchun ijara asosida borib qoʻshilgan. U ketma-ket ikkita oʻyinda jamoaning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. 2020-yil 25-fevral kuni u Darmstadt 98 klubiga qarshi oʻyinda jarohat olgan.

VfB Stuttgart 2020-yil 16-iyulda Mavropanos Arsenal bilan yangi shartnoma imzolagan va 2020-2021-yilgi mavsum uchun VfB Stuttgartga 250 000 yevro evaziga ijaraga oʻtgan. Stuttgartda u avval Arsenalda uni skaut qilib olgan Sven Mislintat bilan qayta birlashgan. 2020-yil 3-oktabr kuni u Bayer Leverkusenga qarshi oʻzining Stuttgart safidagi debyutini oʻtkazgan, oʻyin esa 1-1 hisobida yakunlangan. Mavropanos 15-oktabr kuni SC Freiburg jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jarohat olgan. Keyinchalik tizza bo‘g‘imida operatsiya amalga oshirilgan.

2021-yil 24-iyun kuni uning ijara muddati yana bir mavsumga uzaytirilgan va mavsum oxirida 3,5 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati bilan shartnoma tuzilgan. 2021-yil 7-avgustda DFB-Pokalning birinchi bosqichida u BFC Dynamoga qarshi oʻyinda burchak zarbasidan gol urgan. 2021-yil 28-avgust kuni SC Freiburgga qarshi uy uchrashuvida Mavropanos Bundesligadagi ilk golini urgan. 2021-yil 2-oktabr kuni u Hoffenheimga qarshi oʻyinda yana gol urgan. 16-oktabr kuni esa 30 metr masofadan gol urgan, jamoasi esa Borussia Mönchengladbach bilan 1-1 hisobidagi durangni qayd etgan. 11-dekabr kuni u safarda VfL Wolfsburgga qarshi oʻyinda mavsumdagi to‘rtinchi golini kiritgan.

2022-yil may oyida Stuttgart Bundesligada qolganidan soʻng, Mavropanos 2025-yilgacha moʻljallangan shartnoma asosida klubga o‘tishi amalga oshgan.

West Ham United 2023-yil 22-avgustda Mavropanos West Ham United klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etgan va Arsenal ham o‘ziga tegishli 10 foiz ulushni olgan. Mavropanos West Ham tarixidagi birinchi yunon futbolchisiga aylangan. 21-sentyabr kuni u UEFA Yevropa Ligasida TSC Bačka Topolajamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Ushbu oʻyinda uning jamoasi 3-1 hisobida gʻalaba qozongan. 28-dekabr kuni u sobiq klubi Arsenalga qarshi 2-0 hisobida yakunlangan g‘alabali oʻyinda West Ham safidagi birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2021-yil 24-mart kuni Mavropanos Gretsiya milliy terma jamoasi tarkibiga Jahon Chempionati 2022 saralash oʻyinlarida ishtirok etish uchun chaqirilgan. 2021-yil 28-mart kuni u milliy terma jamoa safida Gondurasga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

2023-yil 10-sentabrda, Gibraltar jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Mavropanos terma jamoa safidagi ilk golini urgan.

Manbalar

Havolalar

Profile West Ham United F.C. saytida

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar turkum:Yashayotgan insonlar turkum:Gretsiyalik erkak futbolchilar turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari turkum:PAS Giannina F.C. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari turkum:1. FC Nürnberg futbolchilari turkum:VfB Stuttgart futbolchilari turkum:West Ham United F.C. futbolchilari turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari turkum:Bundesliga futbolchilari