Ashot Arakelovich Sarkisov (1924-yil 30-yanvar – 2022-yil 17-oktyabr) – sovet va rus olimi, harbiy arbobi. Rossiya fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), vitse-admiral (1978-yil), „Global energiya“ xalqaro energetika mukofoti laureati (2014-yil), fan va texnologiya sohasidagi Rossiya hukumati mukofoti laureati (2013-yil). Akademik A. P. Aleksandrov nomidagi Rossiya fanlar akademiyasi oltin medali bilan taqdirlangan (2007-yil). Dengiz akademiyasining faxriy professori (Sankt-Peterburg), Dengiz muhandislik institutining faxriy professori (Sankt-Peterburg).
Hayoti Ashot Sarkisov 1924-yili 30-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning otasi – arman Arakel Ovanesovich Sarkisov (1881–1959). Onasi – rossiyalik Yevgeniya Bogdanovna (1896–1987).
Faoliyati Ashot Sarkisov 1941-yilda Feliks Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik maktabiga oʻqishga kirgan. Soʻng, urush yillarida armiyada xizmat qilib, 1945-yilda oʻqishini davom ettiradi. 1948-yildan Leningrad davlat universitetida tahsil olgan.
1950-yildan 1954-yilgacha Boltiq floti kemalarida torpedo qayiqlari brigadasining flagman mexanik muhandisi sifatida xizmat qilgan. 1954-yilda F. E. Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik bilim yurti aspiranturasiga oʻqishga kirib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2-darajali kapitan unvoni bilan Sevastopol oliy dengiz muhandislik maktabiga (SODMM) oʻqituvchi etib tayinlanib, u yerda jami 27 yil xizmat qilgan. „Kema atom elektr stansiyalari“ kursi boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. 1959-yilda harbiy taʼlim muassasalari tizimidagi yadro reaktorlari va suv osti bugʻ generatorlari birinchi boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi.
1968-yilda texnologiya fanlari doktori unvonini olgan.
1983-yilda A. A. Grechko nomidagi Harbiy dengiz akademiyasining (Leningrad) ilmiy ishlar boʻyicha boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan.
1985-yilda Harbiy dengiz floti Ilmiy-texnik qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1989-yilda dengiz flotidan vitse-admiral sifatida isteʼfoga chiqqan.
1994-yildan beri Rossiya Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻlib, 2007-yilda Aleksandrov oltin medalini oladi.
Ashot Sarkisov 2022-yil 17-oktyabrda vafot etgan. 2022-yil 20-oktyabrda Moskvadagi Troekurovskiy qabristoniga dafn etilgan20 oktyabrya na Troekurovskom kladbiщe goroda Moskvi bil poxoronen vitse-admiral Ashot Arakelovich SARKISOV.
Manbalar
Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Toshkentlik harbiy xizmatchilar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar