Anvar Boynazarov (1989-yil 10-yanvar, Toshkent) – oʻzbek muay-tay kikbokschisi va aralash yakkakurash ustasi. U avvalroq kikboksing boʻyicha Glory promouterligi uchun kurashgan va Giga Chikadze, Fabio Pinka va Abdellah Ezbirilar ustidan gʻalabalarga erishgan.
Kikboksingdagi faoliyati Anvar Boynazarov 1989-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Boynazarov yoshligida ukasi Firdavs bilan muay-tay bilan shugʻullanib, sportdagi faoliyatini boshlagan. Fabio Pincani Glory 47: Lyon musobaqasida yarim finalda magʻlub etganidan soʻng mashhurlikka erishdi. Jangda autsayder sifatida koʻrilganiga qaramay, u ikkinchi raundda Pincani nokaut qilishga muvaffaq boʻldi, bu unga „KO of the Night“ mukofotini va Combatpress.comning maxsus sovrinini qoʻlga kiritishga yoram berdi. Bu gʻalabadan soʻng Boynazarov finalga yoʻl oldi va Abdelloh Ezbiri bilan toʻqnash keldi. Finalda Ezbiri gʻalaba qozondi.
Shundan soʻng Anvar yengil vazn toifasida vaqtinchalik Glory chempionlik unvoni uchun Kevin VanNostrandga qarshi jang qildi. VanNostrand jangda birinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi.
Ushbu ikki magʻlubiyatdan keyin u Xitoydagi EM Legend 27 turnirida Thodkhui MR bilan jang qildi va magʻlubiyatga uchradi.
Keyin u EM Legend Featherweight Tournamentda jang chiqdi. Pan Jiayunga qarshi jangda hakamlarning qarori bilan bir ovozdan gʻolib deb topilib, turnir finaliga yoʻllanma oldi. Final jangida esa Men Guodongga qarshi uchinchi raundda KO bilan gʻalaba qozondi.
Glory 67 musobaqasida Anvar amaldagi Glory Featherweight chempioni Petpanomrung Kiatmuu9 bilan jang qildi. Bu jangda Petpanomrung hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozondi.
Boynazarov 2023-yil 2-iyul kuni Osaka shahrida boʻlib oʻtgan RISE World Series 2023 musobaqasida yengil vazn toifasida sobiq RISE chempioni Kento Xaraguchi bilan toʻqnash keldi.
Aralash jang sanʼatidagi faoliyatii Boynazarov 2020-yil 12-dekabr kuni Combat Night Pro 19 musobaqasida Genri Krappga qarshi jang sanʼatida debyut qildi. Bu jangda birinchi raundda nokaut bilan gʻalaba qozondi. 2021-yil 13-mart kuni esa Combat Night Pro 20 musobaqasida Rob Fullerni 99 soniya ichida nokautga uchratib, yana bir gʻalabaga erishdi.
Boynazarov 2022-yilning 14-yanvarida LFA 121 musobaqasida John Pham bilan toʻqnash keldi. Unga John Phamni nokautga uchratish uchun atigi 21 soniya kifoya qildi.
Boynazarov 2022-yil 9-avgust kuni Dana Whitening 49-turida Erik Silva bilan toʻqnash keldi. U birinchi raundning boshidayoq texnik nokaut bilan jangni yutqazdi.
Manbalar
Turkum:Toshkent sport kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar