Sergey Valentinovich Zabolotnov (1963-yil 11-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – sovet suzuvchisi. 1986-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori va Yevropa chempioni. Yozgi Universiadaning koʻp karra chempioni va sovrindori. Yevropa rekordchisi (1984). SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1984).
Faoliyati Sergey Zabolotnov 1983-yilda 200 m masofaga chalqancha suzish boʻyicha Yevropa rekordini oʻrnatdi. U bu natijaga 2:00.42 soniya koʻrsatkich bilan 1983-yil 4-iyulda Kanadaning Edmonton shahrida oʻtkazilgan Jahon universiada oʻyinlarida erishdi. Bu natija bilan u oltin medalni qoʻlga kiritgan. U oʻzining ikkinchi Yevropa rekordini 1984-yil 15-fevralda Sovet qishki milliy oʻyinlarida oʻrnatdi (2:00.39).
1984-yil iyul oyining oxiri va avgust oyining boshlarida Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlari Sharqiy blok davlatlari tomonidan boykot qilingan. Shu sababli SSSRning Moskva shahrida Doʻstlik oʻyinlari oʻtkazilgan. Sergey Zabolotnov ushbu musoboqda ishtirok etgan. U Doʻstlik oʻyinlarining suzish musobaqasi 200 m masofaga chalqancha suzish boʻyicha jahon rekordini yangilab oltin medalni qoʻlga kiritgan (1:58.41). Bu vaqtda 1984-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 200 m masofaga chalqancha suzish boʻyicha Rick Carey rekordchi boʻlgan edi (1:58.86). Ushbu rekord Rick Carey va Zabolotnov tomonidan yangilanmasidan uch hafta oldin 2:00.23 natija boʻlgan.
Sergey Zabolotnov 1988-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 100 va 200 m masofaga chalqancha suzishda qatnashib, ikkala bahsda ham toʻrtinchi oʻrinni egalladi. U 100 m masofaga chalqancha suzishda 55.37 soniya, 200 m masofaga chalqancha suzishda esa 2:00.52 soniya natija qayd etdi. 4×100 m estafeta bahsida Sovet jamoasi bilan finalda AQSh va Kanada jamoalaridan ortda qolgan holda bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Hozirgi kunda Sergey Zabolotnov suzish boʻyicha murabbiylik qiladi.
Manbalar
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkent sport kishilari Turkum:Yashayotgan insonlar