Georges J. F. Köhler (17-aprel 1946 – 1-mart 1995) – nemis biokimyogari. Frayburg (Germaniya) va Bazel (Shveysariya) universitetlarini tugatgan. M.Planke jamiyati immunobiologiya instituti direktori (1985-yildan). Immunoglobulin genlarining ekspressiyasi ustida tadqiqot olib borgan. Monoklon gibridomalar (gibrid hujayralar) olish usulini ishlab chiqqan va klon nazariyasini rivojlantirgan. Nobel mukofoti laureati (1984, S.Milshteyn, N.Yerne bilan hamkorlikda)"KYOLER (Kdhler) Georg" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:17-aprelda tugʻilganlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:1-martda vafot etganlar Turkum:1995-yilda vafot etganlar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari