Kyoln universiteti — Germaniyaning qadimgi va yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1388-yil tashkil etilgan. Iqtisod, ijtimoiy fanlar, huquq, tibbiyot, falsafa, tabiiy-matematika va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 57 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Kutubxonasida 1,5 mln.dan ortiq asar saqlanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Kyoln universiteti Germaniyadagi yirik va ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan yetakchi universitetlar birlashmasi — German U15 aʼzosi hisoblanadi. U, shuningdek, Germaniya Universitetlari Mukammallik tashabbusi doirasida 2012–2019-yillarda „mukammal universitet“ maqomiga ega boʻlgan. Köln universiteti xalqaro reytinglarda doimiy ravishda Germaniyaning eng yaxshi 20 ta universiteti qatoridan joy olib keladi.
Kyolln universitetida 5 ta Mukammallik klasteri mavjud: Qarish boʻyicha tadqiqotlar uchun CECAD Mukammallik klasteri, Iqtisodiyot va davlat siyosati: bozorlar boʻyicha ECONtribute Mukammallik klasteri, Oʻsimlik fanlari boʻyicha CEPLAS Mukammallik klasteri, Kvant axboroti uchun modda va yorugʻlik yoʻnalishidagi ML4Q Mukammallik klasteri hamda DYNAVERSE Mukammallik klasteri. 2025-yil holatiga koʻra, Kyoln universitetining mashhur bitiruvchilari, professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari orasida 5 nafar Nobel mukofoti laureati, 11 nafar Gottfried Wilhelm Leibniz mukofoti sovrindori, 8 nafar Humboldt professori unvoni sohibi hamda 2 nafar Humboldt tadqiqot mukofoti sovrindori mavjud.
Manbalar
Turkum:Olmoniyadagi universitetlar