Oʻzbekiston Pro Ligasi (Ўзбекистон Про лигаси) – professional klublar oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati tuzilmasida Oʻzbekiston Superligasidan keyin maqomi boʻyicha ikkinchi darajali musobaqa hisoblanadi.

Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa 1992-yilda tashkil etilgan paytdan boshlab, 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yili OʻzPFL milliy chempionatlarni isloh qilgach, Oʻzbekiston Birinchi ligasi – Oʻzbekiston Pro ligasi nomini olganBirinchi Liga: 1996 – 1998 . Oʻzbekiston Pro Ligasi turnirlari Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Pro Ligasi gʻolibi va 2-oʻrin sohibi Oʻzbekiston Superligasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi, Pro Ligada 3-oʻrinni egallagan klub esa Superligada 12-oʻrinni band etgan jamoaga qarshi Oʻtish oʻyinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional Futbol ligasi Musobaqalar reglamentiga koʻra, Oʻtish oʻyini Pro liga jamoasi maydonida tashkil etiladi. Mavsum yakunida Pro ligada soʻnggi oʻrinni egallagan klub yangi mavsumni Oʻzbekiston Birinchi ligasida boshlaydi.

Pro liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Liga kubogida ishtirok etadi.

Tarixi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 1992-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Musobaqadagi jamoalar tarkibi va soni vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib borgan. Musoboqaning dastlabki mavsumida 16 ta jamoa ishtirok etgan. Liga turniri yakunida Gulistonning „Shifokor“ va Toshkent viloyatining „Politodel-Ruor“ jamoasi Oliy ligaga yoʻllanma qoʻlga kiritgan. Musobaqada ishtirokchilari soni turli yillarda turlicha boʻlgan. 1995-yilgi mavsumda ilk bor liga sharq va gʻarb mintaqalariga boʻlib oʻtkazilgan va ikkinchi bosqichda yuqori oʻrinni egallagan jamoalar birlashtirilgan. Liga mavsumi davomida jami 26 ta jami ishtirok etagan. 1997-yilgi mavsumda liga tarixidagi eng koʻp jamoa ishtirok etgan yil saifatida tarixga kirgan. Oʻsha yilgi mavsumda ligada 27 jamoa ishtirok etgan.

2018-yilda Oʻzbekiston Pro Ligasida 16 ta jamoa ikki bosqichli tizimda (30 tur), uy va mehmonda ishtirok etdi. 2019-yilda Oʻzbekiston Pro Ligasi A va B ligalarga ajratilib 24 ta klub 4 davrali tizimda oʻynadi (28 tur, 2 ta uy va safarda). 2020-yildan Oʻzbekiston Pro Ligasi A va B ligalarga ajratilishi tugatilib, 10 ta jamoadan iborat yaxlit ligaga aylantirildi va B liga oʻrnida Oʻzbekiston Birinchi ligasi (ahamiyati jihatidan futbol tuzilmasida 3-darjali liga) tashkil etildi. 2024-yilda Pro ligada ishtirokchi jamoalar soni 6 tani tashkil etgan. 2025-yilda ham 6 ta jamoa qatnashadi.

Nomlanish tarixi Ikkinchi darajali musobaqa dastlab Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 1992—2017-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasi sifatida oʻtkazilgan musobaqa 2017-yil 21-noyabr kuni OʻzPFLning tegishli qarori bilan 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro Ligasi deb oʻzgartirilgan.

Rekordlar

Liganing tuzilishi

Muntazam mavsum Liga har mavsumdagi ishtirokchi jamoalar soniga qarab reglament oʻzgarib borgan. Yangilangan dastlabki reglament ilk bor 2017-yilda eʼlon qilingan. 2024-yilgi Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchilar soni 8 jamoaga tushirildi va reglamentdagi oʻzgarishlar eʼlon qilindi. Reglamentga koʻra birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan klublar Oʻzbekiston Superligasiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma qoʻlga kiritadi. LIga mavsumi soʻngida sakkizinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa Birinchi ligaga tushiriladi.

Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko va durang uchun bir ochko oladi . Magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan. Agar jamoalar ochkolari teng boʻlsa, qoidalar quyidagi tartibda qoʻllanadi:

oʻzaro uchrashuv(lar) natijasiga koʻra; oʻzaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga koʻra; oʻzaro uchrashuvlarda urilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar farqiga koʻra; barcha uchrashuvlarda urilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar farqiga koʻra; barcha uchrashuvlarda urilgan toʻplar soniga koʻra; barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan toʻplar soniga koʻra; barcha uchrashuvlarda erishilgan gʻalabalar soniga koʻra; barcha uchrashuvlarda uchralgan magʻlubiyatlar sonining aks taʼsiriga koʻra; barcha uchrashuvlarda safar oʻyinlarida erishilgan gʻalabalar soniga koʻra; barcha uchrashuvlarda uy oʻyinlarida uchralgan magʻlubiyatlar sonining aks taʼsiriga koʻra.

Pro liganing barcha ishtirokchi klublari oʻz tuzilmasida, shuningdek, U-19 jamoasiga ham ega. Ushbu jamoalari Superliga klublarining U-19 tarkiblari qatori umumiy Oʻzbekiston U-19 chempionatida ishtirok etadi.

Pley-off oʻyinlari Liga mavsumi soʻngida uchinchi va toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar 2024-yilgi Oʻzbekiston Superligasining 12 va 13-oʻrinini qoʻlga kiritgan jamoalari bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasi uchun Pley-off (oʻtish oʻyinlari) oʻyinlarini oʻtkazadi.

Media qamrovi Oʻzbekiston Pro Ligasi uchrashuvlari Uzreport TV va Futbol TV telekanallari orqali namoyish etiladi.

Homiylar Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Pro liga darajasini oshirish boʻyicha 2020-yildan boshlab koʻplab loyihalarni amalga tatbiq etib kelyapti. 2021-yilda Uzreport TV va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Volkswagen shirkati ilk homiylik shartnomasi imzolashdi va shu tariqa tarixda ilk marta Oʻzbekiston Pro ligasi oʻz homiysiga ega boʻldi.

Joriy jamoalar, stadion va joylar

KlublarJoylashuviStadionlarSigʻimiAralNukusQRFAM9300LochinQashqadaryoBeshkent4000FarDUFargʻonaFarDU8000KattaqoʻrgʻonKattaqoʻrgʻonKattaqoʻrgʻon10000Olimpik MobiUzToshkentJar8000JayxunNukusNukus BOʻFA8000ShoʻrtanGʻuzorGʻuzor7000GʻazalkentGʻazalkentGʻazalkent13500TerDUTermizTerDU7000Paxtakor-2ToshkentPaxtakor35000YaypanYaypanOʻzbekiston8000MetallurgBekobodMetallurg15000

Jamoa oʻzgarishlari Reyting jadval 1992—2022-yillardagi mavsumlardagi natijlari asosida tuzilgan.

Umumiy reyting jadvali 1Xorazm (Xorazam)216843191152551098977 +12110722NBU-Osiyo (Toshkent)176523031011861052733 +31910103Shahrixon Rash Milk (Andijon)1863626794275943977 −348954Kimyogar (Toshkent)1450025382165925634 +2918415Zarafshon (Navoiy)17550261822178588378356Sementchi (Quvasoy)12423249601148764828077Shoʻrchi-Lochin16576238952539449798028Orol216742249525579012827609Shoʻrtan (Gʻuzor)154952236319987170473710Guliston124282127515174453668911Mash’al (Muborak)11364217649576237067512Qoʻqon 191210348195589567443664313Kosonsoy165101898425770692163014Mash’al-2 (Muborak, Qashqadaryo)113441517012351242052115Qizilqum83061565410047737749016Sitora (Buxoro)103821485317956068247517Oqtepa1138018553140665568 +9760818Yangiyer9260129419054835842819Norin93361286514346353841420Gʻallaorol113481215318645568840621XIva82942204112339446940122Surxon113241175314440647939623Uz-Dong-Ju620282297132325538724Istiqlol (Toshkent)72761095211444143238225Zomin102581093812143542436526Lokomotiv BFK103121114315841854135327Dinamo (Samarqand)6176109333427416533828Metallurg (Bekobod)6238108458439230533329Rohat (Qibray)6250964211537943833130Andijon5156106292133012831731Bagʻdod623496359235831930032Soʻgdiyona41269122029313930033Chilonzor313675234830915524834Nasaf-29251762913433647124235Nasaf519281267527929923536Shayxontohur7232683113332051623537Alanga7200692210925639122938AGMK415064335323120922539Gʻazalkent5204673010723036522240Navbahor-2416066316321822622041Vobkent311269142925216321842Paxtakor-2 (Toshkent)7212554211528940621343Istiqlol (Fargʻona)411466143420411621244Yoshlik (Toʻraqoʻrgʻon, Namangan)6220762512927345920745Hazorasp (Hazorasp, Xorazm)414061176222011720046Lokomotiv (Toshkent)3906012182267019247Toʻqimachi (Fargʻona)313258136123624418748Gʻijduvon (Buxoro)7196523810624840418549Atlaschi (Margʻilon, Fargʻona)616766267525529718550Hisor (Shahrizsabz, Qashqadaryo)4180541810826243618051Bunyodkor-2 (Toshkent)716849318821627017652FK OLtinkol (Oltinkol, Andijon)213657215821522317453Angren (Angren, Toshkent Vil)39457102719611917154Yozyovon-Lochinlari412850176119424916755Xotira-79 (Uychi, Namangan)6180482111123243816556Sherdor (Samarqand)513848166418925016057Buxoro (Buxoro)3764714151496815458Turon (Yaypan, Fargʻona)3744515141396215059Chust-Paxtakor (Chust, Namangan)615941269217331114960Quva FK (Quva, Fargʻona)41364415776526214761Lokomotiv (Kogon Buxoro)414458196722921314662Olimjon Akbarov (Yaypan, Fargʻona)39842193712310714563Neftchi (Fargʻona)3624010181095813064Obod (Toshkent)260408121597012865Boʻkalik (Toshkent Vil)29435174213915512266Lochin (Zangi-ota, Toshkent Vil)2803673713818511567Kattaqoʻrgʻon-Dinamo (Samarqand)2723312271089111168Registon (Samarqand)411231126912518610569Rubin (Nurafshon, Toshkent Vil)2602917141036210470Zafar (Zafarobod, Jizzax)2942911541242069871Akademiya (Toshkent)1384143107389772Spartak (Toshkent)38124233487819573MHSK (Toshkent)27228935116132 −169374Toʻpalang (Sariosiyo, Surxondaryo)14330310127638975Diyor (Bulungʻur, Samarqand)2982513611191778876Imkon-Oltariq (Oltariq, Fargʻona)2602682671918677Dinamo (Qashqadaryo)26024102681798278Bunyodkor (Toshkent)138275694328079Mebelchi (Yangiyoʻl, Toshkent vil)284241446711267480Doʻstlik (Doʻstlik, Jizzax)134216760216981Sokol (Uchquduq, Navoiy)134223955336982Spartak (Buxoro)2522152676826883Nurafshon-Buxoro (Buxoro)26620640921256684Chagʻoniyon (Denov, Surxondaryo)268181139871606585Oltin-Boshoq (Samarqand)1382031562546386Sirdaryo (Guliston, Sirdayo)27216749861555587Baliqchi (Andijon)1381641877875288Doʻstlik (Toshkent Vil)130215461264789Yigiruvchi (Jizzax)28414763842314690Iftixor (Oltariq, Fargʻona)26014640611664591Navoiazot (Navoiy)1381352040574492Miyonkol (Kattaqoʻrgʻon, Samarqand)1381422251784493Labsa (Buxoro)1321341547484394FK-Rishton (Rishton, Fargʻona)26410846471033995Popfen (Pop, Namangan)1401072364943796Doʻstlik (Jizzax)142982453893597Qoʻshtepa (Qoʻshtepa, Fargʻona)1328111337513598Neftchi (Oltariq, Fargʻona)1301041645613499Sergili (Toshkent)272103595817833100Doʻrmon Sport (Toshkent)252103394512033101Buxoro-2 (Buxoro)25296375113033102Olimpik (Toshkent)120947382431103Ohangaron-S (Oxangaron, Toshkent Vil)1328618446230104Soliqchi (Keles, Toshken Vil)1328618275830105Chigʻatoy (Chigʻatoy, Toshkent Vil)1288614394630106Urganch (Xorazm)1388525429429107Jomboy (Jomboy, Samarqand)25274413610525108Fc Olmaliq (Olmaliq)1309615375224109Yashnobod (Toshkent)1287318397824110Diyonat (Toshkent)1309516302923111Paxtachi (Uzun, Surxandaryo)1309417406422112Andijon-2 (Andijon)1286418336722113Shoʻrtan-2 (Gʻuzor, Qashqadaryo)1224711253819114Savay (Qoʻrgontepa, Andijon)1307419257918115Zirabuloq (Narpay, Samarqand)1203215265111116Ittifoq-Navoiy (Navoi)1203116196110117FK Toshkent (Toshkent)128232319379118AOZSK (Andijon)134232917889119Notukimachi (Pop, Namangan)130402616348120Paxtaobod (Paxtaobod, Andijon)1422238301538121Romiton (Romiton, Buxoro)138133412356122Zadaryo Trans (Mingbuloq, Namnagan)132122910535

+2025-yilgi mavsumda jamoalarning holati 2025-yilgi Oʻzbekiston Superligasi 2025-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi 2025-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasi Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi Klub endi mavjud emas

Barcha mavsumlar chempionlar, sovrindorlar va toʻpurarlar