Viktor Romanovich Jalilov (1952-yil 17-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 7-may, Oʻzbekiston) — Sobiq sovet, oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Tarjimai holi Futbolchi sifatida faoliyati Viktor Jalilov Toshkent sport maktab-internatida tahsil olgan. Uning birinchi murabbiyi V.Yatchenko boʻlgan. Mixail An, Vyacheslav Bektashev, Toʻlagan Isoqov, Vladimir Fedorovlar u bilan birga tahsil olishgan, keyinchalik ular mashhur futbolchilarga aylanishgan. Viktor Jalilov maktab-internatni tamomlagach, armiyaga chaqirilgunga qadar „Paxtakor“ ga olib ketilgan. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, Toshkent Jismoniy tarbiya institutida tahsil olib, Namanganning „Tekstilshchik“ jamoasida oʻynab, oʻsha yerda futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Murabbiylik faoliyati Murabbiylik faoliyatini Xalqobodning „Sohibkor“ jamoasida boshlagan. 1992-yilda Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubini boshqargan. Faoliyatining birinchi yilidayoq klubni Oʻzbekiston chempionati oliy ligasiga olib chiqdiSardorbek Yusupov. Uzbekistan 1992 rsssf.com (27.07.2007).

1995-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasini boshqarib, Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindoriga aylanganSardorbek Yusupov. Uzbekistan 1995 rsssf.com (26.09.2006). 1996-yilda jamoa bilan mamlakat chempionati va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ga erishdiSardorbek Yusupov. Uzbekistan 1996rsssf.com (26.09.2006) . Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. 1997—1999-yillarda „Navbahor“ bilan birga yana uch marta bronza medali sovrindori boʻlganMansur Tyncherov. Uzbekistan 1997rsssf.com (4.01.2000)Mansur Tyncherov. Uzbekistan 1998 rsssf.com (5.01.2000)Mike Dryomin. Uzbekistan 1999 rsssf.com (14.03.2000).

2000-yilda „Paxtakor“ ga qaytib, ikki yil davomida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2002-yilda esa klub bosh murabbiyi boʻlgan, mamlakat chempionligi va kubogini qoʻlga kiritib, „oltin dubl“ni takrorlashga muvaffaq boʻlganMyke Dryomin. Uzbekistan 2002rsssf.com (23.03.2003). Ikkinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ jamoasini boshqargan va chempionatda kumush medallarni qoʻlga kiritganMyke Dryomin. Uzbekistan 2005rsssf.com (28.03.2006). Uchinchi marta Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

2010-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasida ishlaganВиктор Джалилов возглавит наманганский «Навбахор» uzdaily.uz (12.01.2010), qoniqarsiz natijalar uchun ishdan boʻshatilgan. 2011-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bosh murabbiyi boʻldi va bu yerda katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Mavsumni yomon boshlagani uchun ishdan boʻshatilgan. Yana „Paxtakor“ ga qaytdi va u yerda jamoaga rahbar etib tayinlandiВиктор Джалилов назначен начальником команды «Пахтакор» uzdaily.uz (20.09.2011).

UFFning 2015-yil 23-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Viktor Jalilovni 22 yoshgacha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Vafoti Viktor Jalilov 2023-yil 7-may kuni vafot etgan.

Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni (2): 1996 , 2002 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (3): 2005 , 2008 , 2009 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (4): 1995 , 1997 , 1998 , 1999 Oʻzbekiston kubogi sohibi (4): 1995 , 1997 , 2001/2002 , 2009 Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (3): 1996, 2002, 2005

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Doʻstlik Toshkent viloyati klubi bosh murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Dinamo Samarqand futbol klubi murabbiylari Turkum:Mashʼal klubi murabbiylari Turkum:Sohibkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari