Ben Weekes (1984-yil 20-sentabrda tugʻilgan) — avstraliyalik nogironlar aravachasidagi tennischi. U 2024-yil oʻzining oltinchi paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti thumb|chapga|Uiks 2012-yilgi London Paralimpiya oʻyinlarida|389x389pxWeekes 1984-yil 20-sentyabrda Yangi Janubiy Uelsning Stretfild shahrida tugʻilgan. Uning egizak akasi va yana ikkita aka-ukasi bor. Oʻn uch yoshida umurtqa pogʻonasida qon laxtasi hosil boʻlishi natijasida unda chala paraplegiya shakllangan. Weekes bastakor va pianinochi hamdir. Uning musiqalari yozib olingan hamda u BarMe Cabaret Bar, Angel Place va Sidney opera teatrida konsertlar bergan.

U shuningdek suzish va basketbol kabi sport turlari bilan ham shugʻullanadi.

Weekes geydir.

Tennisdagi faoliyati Weekes nogironlar aravachasida tennis oʻynaydi. Oʻyin davomida u imkoniyati cheklanmagan tennischi hamkasblari bilan bir xil qoidalarga amal qiladi, lekin toʻpning ikki marta sakrashi bundan mustasnodir. U 2000-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Devid Xollning oʻyinini tomosha qilgach, ushbu sport turiga qiziqib qolgan va Xoll 2006-yilda sportni tark etgunga qadar u bilan birgalikda muntazam shugʻullanib kelgan. Unga Keti Fahim murabbiylik qilgan.

Weekes birinchi marta 2002-yilda Avstraliya sharafini himoya qilgan. Oʻsha yili u Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon kubogida qatnashib, ikkinchi oʻrinni egallagan. 2004-yilgi Jahon kubogida uning jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan. Sportchi Afinada boʻlib oʻtgan 2004-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. Birinchi turda gʻalaba qozonib, ikkinchi turdada musobaqani tark etgan.

Weekes 2008-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Maykl Dobbi bilan birga juftlik bahslarida qatnashgan. 2008-yilgi Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida u haftasiga olti marta, kuniga ikki mahaldan kortda mashgʻulot oʻtkazgan. 2008-yilda Weekes Adam Kellerman bilan ham baʼzi juftlik uchrashuvlarida oʻynagan.

2011-yilgi Janubiy Afrika ochiq chempionatida u finalgacha yetib borgan. 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida u erkaklar oʻrtasidagi yakka tartibdagi bahslarda ikkinchi turga chiqqan va Adam Kellerman bilan birga erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida qatnashgan. Ular birinchi turda magʻlubiyatga uchrashgan. Juftlik bahslarida u Adam Kellerman bilan sherik boʻlishi rejalashtirilgan edi.

2016-yilgi Rio Paralimpiya oʻyinlarida Weekes erkaklar oʻrtasidagi yakka tartibdagi 1/16 finalda shvediyalik Stefan Olssonga 0-2 (0–6, 3–6) hisobida va Adam Kellerman bilan birga erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarining 1/8 finalida magʻlub boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar