Loytenant-polkovnik Dwarakesh (1989-yilda tugʻilgan) — Hindiston armiyasi ofitseri, para suzuvchi va oʻq otish boʻyicha para sportchi. Armiyadagi yagona koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan amaldagi ofitser sifatida tanilgan. U oʻq otish boʻyicha milliy medalni qoʻlga kiritgan hamda 23-milliy para suzish chempionatida oltin va kumush medallarga ega chiqqan.
Faoliyati
Harbiy xizmat Dwarakesh 2009-yilda Kursantlarni tayyorlash orqali Hindiston armiyasiga xizmatga kirgan hamda Harbiy razvedka korpusini tanlagan. Uning harbiy faoliyatida 2016-yilda burilish yuz bergan. Avtohalokat oqibatida u koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan. Ushbu voqeadan soʻng ham u harbiy burchini bajarishda davom etgan va Punadagi Khadki stansiyasi shtab-kvartirasida xizmatini davom ettirgan.
Sport Dwarakeshning parasportdagi faoliyatini 2021-yilda, Punadagi Bombey muhandislar guruhi va markazidagi yangi tashkil etilgan paralimpiya boʻlimida mashgʻulotlar bilan boshlangan. U dastlab suzishga eʼtibor qaratgan.
2024-yil mart oyida Dwarakesh Madhya-Pradesh shtatining Guvalyor shahrida Hindiston Paralimpiada qoʻmitasi tomonidan tashkillashtirilgan 23-milliy para suzish chempionatida qatnashgan. U 50 metrga brass usulida suzishda 51 soniya natija bilan oltin medalni hamda 100 metrga brass usulida suzishda 1 daqiqa-yu 50 soniya koʻrsatkich bilan kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Dwarakesh oʻq otish sportida ham sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. 2023-yil noyabr oyida u koʻrish qobiliyati cheklangan sportchilar uchun moʻljallangan infraqizil datchikli uskunadan foydalangan holda oʻq otish boʻyicha milliy medalni qoʻlga kiritgan. Uning oʻq otish boʻyicha mashgʻulotlariga sobiq olimpiyachi Anjali Bhagwat rahbarlik qilgan.
Erishgan natijalari 2021: Siachen muzligiga koʻtarildi. 2023: Oʻq otish boʻyicha milliy musobaqada medalga ega chiqdi. 2024: 23-milliy para suzish chempionatida 50 m brass usulida oltin va 100 m brass usulida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Manbalar