Xomsah arablari — Eronning Forsdagi koʻchmanchi va chorvador qabilasi. Ular Xomsah konfederatsiyasining bir qismidir. Ular Markaziy Osiyo arabchasining bir lahjasida soʻzlashadi. Aholisi taxminan 200 000 kishini tashkil etadiethnologue.
Tarmoqlar Forsdagi ikki arab qabilasi — Shaynobiy va Jobiriylar.
Shaynobiy Shaynobiylarboshqa guruhdan oldin Eronga koʻchib kelgan. Avval ular Xurosonda joylashib, keyinroq Fars hududiga koʻchib oʻtgan. Ularning bir guruhi Xuzistondagi Bavi tumanining Shaybon shahrida yashaydiAli Mohammad Najafi. Khamseh Tribes happenings. Nashre Hamsayeh.
Jobiriy Forsga joylashgan Jobiriylar oʻzlarini paygʻambar Muhammadning sahobasi boʻlgan Jobir ibn Abdulloh avlodlaridan deb biladi. Ularning ajdodi shayx Jinoh Farsga koʻchib kelib, shaybon bir qizga uylangan va avlodlarini „Jobiriylar“ deb atagan.
Til Xomsah arablari Markaziy Osiyo arabchasining oʻzbek arabchasi bilan yaqin qarindosh boʻlgan bir lahjasida soʻzlashadi. Ularning lahjasini boshqa arab tilida soʻzlashuvchilar tushunishi qiyin. U Fors ko‘rfazi arabchasi bilan bogʻliq emas.
Din Xomsah arablari asosan shia musulmonlardir.
Yana qarang Eron arablari
Manbalar
Adabiyotlar Ali Mohammad Najafi. Arab qabilasining buyuk kishilari va qabilalar Ali Mohammad Najafi. Xomsah qabilalari voqealari Farsdagi Xomsah arablari tarixi
Turkum:Erondagi etnik guruhlar Turkum:Fors ustoni Turkum:Eron arablari Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Arab etnik guruhlari