Al-Maʼadid () — Qatardagi asosiy qabilalardan biri.

Qatar hukmron oilasi As-Soniylar Al-Maʼadid qabilasidan kelib chiqqan. Ular asosan Qatarda yashashsa-da, Al-Maʼadid vakillari Quvayt va Saudiya Arabistonida ham bor. Al-Maʼadidlar Banu Tamim avlodlaridir. Tarixan Binali qabilasi Al-Maʼadid bilan qabilaviy ittifoqqa ega bo‘lgan.

Qatar asoschisi shayx Muhammad bin Soniy (Mohammed bin Saniy) o‘zining namunali shaxsiy fazilatlari va do‘stona fe’l-atvori tufayli Al-Maʼadid qabilasidan zamonaviy Qatar yetakchisi sifatida tanlangan. Bugun Muhammad bin Soniyning avlodlari boʻlmish As-Soniy Al-Maʼadidlar Qatarni boshqarishda davom etmoqda.

J. G. Lorimerning Fors koʻrfazi geografik maʼlumotnomasi (Gazetteer of the Persian Gulf) kitobida 1908-yilda Qatar hududida Al-Maʼadid qabilasining 875 a’zosi bo‘lgani, ular asosan Al-Vakra, Lusail va poytaxt Doʻhada jamlangani qayd etiladi.

Ibrohim bin Jarallah bin Dexna as-Sharifiyning Al-Maadheed va Qatar: tarix, nasab va sivilizatsiya (144–148-betlar, 1-nashr 1999) kitobi ham batafsil tarixiy ma’lumot beradi.

Manbalar

Turkum:Qatar oilalari Turkum:Arabiston qabilalari