Andromache Dimitropoulou (; 1994-yil 12-oktyabrda tugʻilgan) — Andromache yoki Andromachi taxalluslari bilan tanilgan yunon xonandasi. U „Ela“ qoʻshigʻi bilan Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2022“ tanlovida Kipr sharafini himoya qilgan.

Karyerasi Andromache Germaniyaning Siegen shahrida yunon oilasida tugʻilgan. U 10 yoshigacha shu yerda yashagan, keyinchalik oilasi bilan Gretsiyaga koʻchib oʻtgan. Afinada nemis filologiyasi yoʻnalishida tahsil olayotgan davrida Lechaina, Elis va Afinaning Gazi hududlaridagi musiqiy sahnalarda chiqish qila boshlagan.

2015-yilda u „The Voice of Greece“ teleloyihasining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. Biroq jonli efirlarning ikkinchi bosqichida tanlovni tark etgan.

+The Voice of Greece chiqishlariQoʻshiqAsl ijrochi(lar)IzohlarKoʻr-koʻrona tinglov"" ()Poli PanouBir murabbiy burildi, Michalis jamoasiga qoʻshildiJanglar"Misirlou"Dick DaleMarianna Agnidiga qarshi gʻalaba qozondiJonli shoular"" ()Eleni TsaligopoulouTanlovni tark etdi

2017-yilda u Giorgos Papadopoulos tomonidan yozilgan „To feggari“ nomli ilk singlini eʼlon qilgan. 9-mart kuni esa u „Ela“ qoʻshigʻi bilan Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2022“ tanlovida Kipr sharafini himoya qilishi maʼlum qilingan. Mazkur tanlovda Andromache ikkinchi yarim finalda 12-oʻrinni egallagan va finalga chiqa olmagan. Bu natija bilan Kiprning 2015-yildan beri davom etib kelgan finalga chiqish seriyasi yakunlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Elisda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari