Dario Carlo Giacomo Campeotto (1939-yil 1-fevral — 2023-yil 1-aprel) — daniyalik xonanda, aktyor va shoumen.

Hayoti va karyerasi Campeotto 1939-yil 1-fevralda Kopengagenning Frederiksberg tumanida italiyalik ota-onasi Emma va Ernesto Campeotto oilasida tugʻilgan.

U sahnadagi faoliyatini oʻn yoshida boshlagan, biroq uning katta muvaffaqiyati 1961-yilda „Angelique“ qoʻshigʻi bilan „Dansk Melodi Grand Prix“ tanlovida gʻolib chiqishi orqali kelgan. Shundan soʻng u Fransiyaning Kann shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-1961“ tanlovida Daniya sharafini himoya qilgan va 5-oʻrinni egallagan. „Angelique“ muvaffaqiyatidan keyin Campeotto bir qator musiqiy yozuvlarni eʼlon qilgan, shuningdek teatr spektakllari, operettalar, revyular va filmlarda rol ijro etgan.

Shaxsiy hayoti va vafoti Dario Campeotto ikki marta turmush qurgan. U birinchi rafiqasi, aktrisa Ghita Nørby bilan bir muddat Italiyada yashagan, keyinchalik esa Daniyaga qaytib, ijodiy faoliyatini davom ettirgan. Uning uch nafar farzandi boʻlganJeg har levet et hårdt liv. Portræt / interview: Dario Campeotto Ekstra Bladet | 31 January 1999 | Søndag | Side 20 |.

Campeotto 2023-yil 1-aprelda 84 yoshida vafot etgan.

Diskografiyasi Albom YilAlbomChartdagi eng yuqori natijasi DEN2014Mit skønne Italien12

Singllari YilAlbomChartdagi eng yuqori natijasi NOR1961 „Angelique“9

Filmografiyasi 1960: Eventyrrejsen 1961: Peters baby 1962: Han, hun, Dirch og Dario 1966: Flagermusen 1967: Nyhavns glade gutter 2001: Flyvende farmor

Manbalar

Havolalar

Turkum:Kopengagenda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari