Niyoz Xazratkulov Namazboyevich (1983-yil 23-may, Sirdaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR;) — oʻzbekistonlik davlat arbobi. Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani hokimi.
Mehnat faoliyati Niyoz Xazratqulov mehnat faoliyatini 2003-yilda bank-moliya tizimida boshlagan. Uning faoliyati asosan bank boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi rahbarlik lavozimlarini qamrab oladi:
2003–2005-yy. — "Sirdaryo non" korxonasi iqtisodchisi;
2005–2007-yy. — "Turonbank" ATB Guliston filialida turli lavozimlarda, jumladan, kassa amaliyotlari, kreditlash, ichki audit va buxgalteriya hisobi boʻlimlarida mutaxassis hamda bosh mutaxassis;
2007–2011-yy. — "Mikrokreditbank" ATB Sirdaryo viloyati filialida boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi vazifasini bajaruvchi va filial boshqaruvchisi oʻrinbosari;
2011–2019-yy. — "Turonbank" ATB Sirdaryo bank xizmatlari markazi (BXM) boshqaruvchisi oʻrinbosari;
2019–2023-yy. — "Turonbank" ATB Sirdaryo bank xizmatlari markazi (BXM) rahbari;
2023–2025-yy. — Sirdaryo viloyati, Shirin shahar hokimi;
2025-yil 29-dekabrdan — Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani hokimi.
Niyoz Xazratqulov 2023-yildan 2025-yil dekabrigacha Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan. 2025-yil 29-dekabr kuni Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tayinlangan. U ushbu lavozimdagi Dilfuza Uralovaning oʻrnini egallagan.
Manbalar
Turkum:Boyovut tumani hokimlari Turkum:Oʻzbekiston maʼmuriy birliklari hokimlari