Alena Kovačková (2008-yil 13-iyunda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. Yakkalik bahslari boʻyicha 2025-yil 24-noyabrda WTA reytingida 594-oʻrin, 2025-yil 16-iyunda juftlik bahslari boʻyicha 450-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.

Kovačková qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida uchta yirik oʻsmirlar musobaqasi chempionligini qoʻlga kiritgan, shulardan ikkitasiga singlisi Yana Kovačková bilan birga ega chiqqan.

Oʻsmirlar oʻrtasida 2022-yil oktyabr oyida U–14 qizlar oʻrtasida Yevropada 1-raqamli tennischi boʻlgan paytida Kovačková Monakoning Monte-Karlo shahrida boʻlib oʻtgan Tennis Europe Masters musobaqasida U–16 musobaqasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yilning oxirida sportchi bir yil ichida ham U–14, ham U–16 sportchilar oʻrtasida „Yil oʻyinchisi“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan ilk qizga aylandi.

2023-yil iyul oyida Kovačková oʻsmirlar oʻrtasida ilk yirik musobaqa chempionligini qoʻlga kiritdi. Sportchi 2023-yilgi Wimbledon musobaqasining qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida vatandoshi Laura Samsonova bilan birga gʻolib boʻldi. Ular finalda britaniyalik juftlik Hannah Klugman va Isabelle Lacyni magʻlub etishdi. Ulardan oʻn yil avval ushbu musobaqada bunday natija chexiyalik tennischilar Barbora Krejčíková va Katerina Siniakova qayd etilgan edi.

Keyingi mavsumda birinchi raketka ustalari va amaldagi chempionlar sifatida Kovačková va Samsonova 2024-yilgi Wimbledon musobaqasida chorak finalgacha yetib bordi. Chorak final bahsida ular yettinchi raketka ustalari Mika Stojsavljevic va Mingge Xuga oʻyinni boy berdi.

Kovačková singlisi Yana bilan birga 2025-yilgi Avstraliya Ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida qatnashdi. Ular musobaqaning yarim finaligacha yetib bordi, biroq amerikalik egizak opa-singillar Kristina va Annika Penickovaga magʻlub boʻldi. Bir necha oy oʻtib, chexiyalik juftlik amerikalik egizaklarni 2025-yilgi Fransiya Ochiq chempionatidagi magʻlub etishga muvaffaq boʻldi, biroq finalda nemis juftligi Eva Bennemann va Sonja Zhenikhovaga yutqazdi. Mavsumning keyingi qismida Kovačková va singlisi yirik oʻsmirlar turnirida chempionlikka sazovor boʻldi. Ular 2025-yilgi AQSH Ochiq chempionati juftlik bahslarida gʻolib chiqdi. Chexiyalik opa-singillar finalda toʻrtinchi raketka ustalari Laima Vladson va Jeline Vandrommeni ikki setda magʻlubiyatga uchratdi.

Kovačková singlisi Yana bilan birga 2026-yilgi Avstraliya Ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida gʻalaba qozondi. Ular butun musobaqa davomida birorta setni ham boy bermadi va ilk bor faqatgina chexiyalik tennischilardan iborat boʻlgan final bahsida Tereza Heřmanová va Denisa Žoldákováni magʻlub etdi.

Alena Kovačková 2026-yil 2-fevralda oʻsmirlar oʻrtasida kombinatsiyalangan ITF reytingida dunyo boʻyicha 5-oʻringa koʻtarildi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2008-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Pragadan chiqqan tennischilar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:Uimbldon oʻsmirlar chempionlari Turkum:Katta dubulgʻa turnirlari (tennis) qizlar juftligidagi chempionlar