Soliha Sulton (; 1811-yil 16-iyun — 1843-yil 5-fevral) — Usmoniylar imperiyasi malikasi, sulton Mahmud II va Aşubcan Kadınning qizi, sulton Abdulmajid I va Abdulazizning ota bir, onasi boshqa singlisi.

Yoshligi Soliha Sulton 1811-yil 16-iyunda Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi sulton Mahmud II, onasi esa Aşubcan Kadın boʻlgan. Uning Oysha Sulton va Shoh Sulton ismli chaqaloqligidayoq vafot etgan ikki tugʻishgan opa-singlisi boʻlgan. Soliha Abdulhamid I va Nakşidil Sultanning nabirasi edi.

Nikohi 1834-yilda Soliha 23 yoshga kirganida otasi uni Damat Gürcü Halil Rifat poshoga turmushga berdi. Sakaoğluning yozishicha, Soliha Sulton sogʻligʻidagi muammolari sababli malikalar turmushga chiqadigan oʻrtacha yoshdan kattaroq paytida oila qurgan. Ularning nikohi 1834-yil 22-may shanba kuni Beshiktosh sohil saroyida boʻlib oʻtgan. Soliha Sultonning kelin karvoni payshanba kuni shu saroydan yoʻlga chiqib, Fındıklı saroyiga borgan. Nikoh marosimi karvonidagi xonimlar yulduzlar bilan bezatilgan arava va karetalarda ketishgan.

Er-xotinning Ortaköy Defterdarburnuda joylashgan Neşatabad va Fındıklı saroylari boʻlgan. Biroq ularning nikohi baxtli kechmagan, shunga qaramay ikki oʻgʻli va bir qizi koʻrishgan.

Julia Pardoening soʻzlariga koʻra, Soliha Sulton magʻrur shaxs boʻlgan, shuningdek, uning otasi Mahmud II bilan munosabatlari ham yaxshi boʻlmagan. Istanbulga sayohati haqidagi xotiralari yozilgan „The Sultan and Domestic Manners of the Turks“da (1837) Julia, ayniqsa, ikki voqeani keltirib oʻtgan.

Birinchisida, Soliha karetada oʻtayotganida unga taʼzim qilmagan bir guruh ulamolarni kaltaklatishni buyurgani uchun sulton Mahmud II uni qattiq koyigan.

Ikkinchisida esa Solihaning ota bir singlisi Mehrimoh Sultonning toʻyi munosabati bilan unga taqdim qilish uchun boshqa qimmatbaho taqinchoqlar qolmagan, chunki Soliha Sulton toʻyi uchun ularning barchasini talab qilib olgan va hech qachon qaytarmagan. Bundan tashqari, Soliha Sulton ularni hatto taqmagan, chunki dunyoviy hayot kechirishni oʻziga ep koʻrmas darajada magʻrur boʻlgan. Otasi Sulton Mahmud ularni sotishni taklif qilgan, ammo Soliha „malikaning taqinchoqlarini hech kim sotib olishga jur’at eta olmaydi“, deya javob bergan. Shundan soʻng taqinchoqlarni sulton Mahmudning oʻzi sotib olishini aytgan va Soliha bunga rozi boʻlishga majbur boʻlgan. Aslida sulton Mahmud qizini aldab, taqinchoqlarni qiymatidan arzonroq narxda olgan. Soliha otasining bu ishidan xabar topgan yoki topmagani maʼlum emas, ammo u bu haqida hecha bir shikoyat qilishga jur’at etmagan Julia Pardoe, The Sultan and Domestic Manners of the Turks (1837) .

Vafoti Soliha Sulton 1843-yil 5-fevralda 31 yoshida Fındıklı saroyida vafot etgan va Istanbuldagi Fotih masjidi Nakshidil Sulton maqbarasiga dafn etilgan.

Vafotidan keyin eri Halil posho Ismet xonimga uylangan. Ularning Asaf Mahmud Jaloliddin posho ismli bir oʻgʻli boʻlgan, u esa Soliha Sultonning jiyani Seniha Sultonga, yaʼni Soliha Sultonning ota bir akasi sulton Abdulmajid I ning qiziga uylangan.

Farzandlari Soliha Sultonning ikki oʻgʻli va bir qizi boʻlgan: Sultonzoda Abdulhamid bey afandi (1835-yil 2-mart — 1837-yil mart); Sultonzoda Jovid bey afandi (1837 — ?); Oysha Şadıka xonimsulton (1841–1886) Said Server afandining oʻgʻli Server poshoga turmushga chiqqan. Ularning kamida uch qizi boʻlgan: Oysha xonim; Aziza xonim Hariciyeci Suad beyga turmushga chiqqan va ikki oʻgʻil hamda bir qiz koʻrgan: Ziyo Songülen; Mahmud bey; Fehire xonim Faik poshoga turmushga chiqqan, farzand koʻrgan; Fotima xonim bosh vazir Mehmed Esad Saffet poshoning oʻgʻli Fehmi beyga turmushga chiqqan va bir oʻgʻil, bir qiz koʻrgan: Halil bey; Belkis xonim.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1811-yilda tugʻilganlar Turkum:1843-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari