Vladimir Borisovich Altuxov (; 1950-yil 9-fevralda tugʻilgan) — sovet futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Altuxov Chimkentning „Metallurg“ klubining yoshlar maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoa tarkibida 1968-yildan 1970-yilgacha jamoada oʻynagan. Vladimir SKA Rostov-na-Donu (1971—1972-yillarda faoliyat olib borgan, 1972-yil aprel-may oylarida SSSR Oliy ligasida uchta oʻyin oʻtkazgan) va Toshkentning Paxtakor (1973) jamoalarining oʻrinbosar jamoalarida oʻynagan.

1973-yil yozida Olmaotaning „Qayrat“ klubiga koʻchib oʻtgan. Qayrat jamoasi tarkibida Oliy ligada (1973—1974) 32 ta oʻyinda (1 ta gol urgan) va Birinchi ligada esa (1975) 22 ta oʻyinda maydonga tushgan. Vladimir SSSR Ikkinchi ligasida ishtirok etgan Tselinnik Tselinograd jamoasida bir yarim mavsum (1976—1977) oʻynagan. 1977-yil avgustidan SSSR Oliy ligasi ishtirokchisi Qayrat jamoasida bir yarim mavsum davomida 24 ta oʻyinda (1 ta gol urgan) ishhtirok etgan. U ikkinchi ligada Tselinnik (1979) va Sement Novorossiysk (1980—1983) jamoalarida oʻynagan.

Futboldan keyingi faoliyati Altuxov ANO „Milliy futbol jamoasi zaxiralarini tayyorlash boʻyicha Janubiy universitet markazi“ (Sochi) direktori lavozimida ishlaganYujutspr, ANO.

Manbalar

Havolalar Vladimir Altuxov Footballfakts.ru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Jiger futbolchilari Turkum:FC SKA Rostov-on-Don futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Jenis klubi futbolchilari Turkum:FC Chernomorets Novorossiysk futbolchilari Turkum:Sportchilar