Muizziddin Bahrom (; 1212-yil 9-iyul – 1242-yil 15-may) Mamluklar sulolasining oltinchi sultoni boʻlgan.

Hayoti U Shamsiddin Eltutmish (1211–36)ning oʻgʻli va uning oʻgay singlisi Roziya Sulton (1236–40)ning ukasi edi. Singlisi subedar malik Altuniya tomonidan Batindada qamoqqa olingan paytda (Altuniya ham, Bahrom Shoh ham Roziya Sultonga qarshi fitna rejalashtirgan) u qirq nafar amirning koʻmagida oʻzini podshoh deb eʼlon qildi. Shunga qaramay, Muizziddin Bahromning ikki yillik hukmronligi davrida dastlab uni qoʻllab-quvvatlagan amirlar tartibsizlanib, oʻzaro doimiy ravishda janjallasha boshladilar. Ana shu beqarorlik davrida u 1242-yilda oʻz lashkari tomonidan oʻldirildi (1242-yil 15-may kuni vafot etdi). Uning vafotidan soʻng, oʻrniga oʻgay akasi Rukniddin Firozning oʻgʻli boʻlgan jiyani Alouddin Masʼud taxtga oʻtirdi.

Oʻqtoyxon Moʻgʻullar imperiyasi nomidan Doyirni Gʻazna qoʻmondoni va Menggetuni Qunduz qoʻmondoni etib tayin qildi. 1241-yil qishida moʻgʻul lashkari Indus vodiysiga bostirib kirib, Lohurni qamal qildi. Biroq Doyir 1241-yil 30-dekabr kuni shaharni shturm qilish chogʻida halok boʻldi va moʻgʻullar shahar aholisini qirib tashlagach, Dehli sultonligi hududidan chiqib ketdilarIslamic Culture Board-Islamic culture, p.256. Sulton ularga qarshi chora koʻrish uchun juda zaif edi. „Qirq amir“ uni Dehlining Oq qalʼasida qamal qilib, qatl etdilar.

Roziya Sulton (1240) vafotidan soʻng qirq nafar amir Iltutmishning uchinchi oʻgʻli Bahrom Shohni taxtga oʻtkazishga qaror qildilar. U 1240-yil 21-aprelda Lal Mahal saroyida taxtga oʻtqazildi, biroq oradan biroz vaqt oʻtgach, qirq amir Bahrom Shohning barcha hokimiyatini oʻz qoʻllariga olishga qaror qildilar. Oʻsha paytda vazir Muhajbuddin edi, shunday qilib bu sulolada amalda uchta „hukmdor“ mavjud edi. Muizziddin Bahrom hukmronligi davrida Dehlida bir masjid qurdirgan.

Yana qarang Mamluklar sulolasi Hindiston tarixi Islom tarixi Hind hukmdorlari roʻyxati Batinda

Manbalar

Havolalar Hindiston asrlar davomida Qul (Mamluk) sulolasi (arxivlangan)

Turkum:Dehli Mamluklar sulolasi sultonlari Turkum:1242-yilda vafot etganlar Turkum:Hindiston sunniy musulmonlari Turkum:13-asr hind hukmdorlari Turkum:13-asr Osiyo hukmdorlari Turkum:13-asr Mamluk sultonlari Turkum:1212-yilda tugʻilganlar