Sidna Umar masjidi () Quddusning eski shahri yahudiylar mavzesida joylashgan mamluklar davriga oid masjid. Hurva va Ramban sinagogasi yonida joylashgan.

1967-yilgi olti kunlik urushda Isroil kuchlari Quddusning eski shahrini ham oʻz ichiga olgan Sharqiy Quddusni egallaganidan beri masjid muddatsiz ravishda yopib qoʻyilgan.

Tarixi Masjid haqida maʼlum boʻlgan eng qadimgi eslatma tarixchi Mujiriddin (1496-yilda tugʻilgan) tomonidan qoldirilgan boʻlib, u masjidning 1397-yilda taʼmirlangani, buning uchun mablagʻ toʻplangani va uni saqlash uchun yer ehson qilingani haqida yozgan. Obadiah Bartenuraning yozishicha, masjid islomni qabul qilgan bir yahudiy tomonidan bunyod etilgan.

Olti kunlik urush paytida minoraga snayperlar oʻqi tekkan, minora 1974-yilda taʼmirlangan.

Bino 2019-yilda yana taʼmirlangan boʻlib, uning xarajatlari Iordaniya hukumati tomonidan qoplangan.

Tavsifi Minora mamluklar davriga xos boʻlib, ikki qavatdan iborat. Yuqori qismida muazzin uchun balkon bor. Minorining yuqori qismi inshootni barqarorlashtirish uchun poydevoriga nisbatan torroq qilingan.

Galereya

Yana qarang

Quddusdagi masjidlar roʻyxati Isroilda islom Falastinda islom

Manbalar

Havolalar

Turkum:Quddusdagi masjidlar Turkum:Isroildagi mamluklar davri masjidlari Turkum:Osiyodagi XIV asr masjidlari Turkum:Osiyodagi sunniy masjidlar Turkum:Isroildagi sobiq masjidlar Turkum:Falastindagi sobiq masjidlar Turkum:Osiyodagi minorali masjidlar