Ismoil ibn Ibrohim (756—810-yillar) (arabcha: اسماعيل بن ابراهيم) – Imom Buxoriyning otasi boʻlgani bilan mashhur edi. Ismoil ibn Ibrohim 810-yilda vafot etdi, bu vaqtda Imom Buxoriy hali 1 yoshga ham toʻlmagan goʻdak boʻlgan.

Hayoti

Ajdodlari Ismoilning avlodi Oʻzbekistondagi Buxoro viloyati yaqinida istiqomat qilgan Bardizbah ismli dehqonga bogʻlanishi mumkin. Bardizbahning islomni qabul qilgan al-Mugʻiyra ismli oʻgʻli boʻlgan. Mugʻiyra ham Ibrohim ismli oʻgʻil koʻradi. Ibrohim Ismoilning otasi boʻlgan edi.

Hayoti Ismoil ibn Ibrohim juda taniqli hadis olimi boʻlib, musulmonlar tomonidan buyuk taqvodor va obroʻ-eʼtiborli kishi sifatida maqtovga sazovor boʻlgan insonlardan edi. Oʻz odatlarida ehtiyotkor boʻlgan olim, oʻlim toʻshagi vaqtida oʻz halol mehnatlari bilan topilmagan bir tiyini ham yoʻqligini aytib oʻtgan edi. Ismoil ham uylanib, Ahmad va Muhammad ismli ikkita oʻgʻil koʻrdi. Muhammad keyinchalik Imom Buxoriy nomi bilan mashhur boʻlgan, dunyodagi eng koʻzga koʻringan sunniy hadis toʻplovchisiga aylandi.

Oʻlimi Imom Buxoriy hali chaqaloq boʻlganida, Ismoil 54 yoshida edi va oʻsha yilda dunyodan koʻz yumgan. U beva ayoli va ikki oʻgʻliga katta mol-mulkni meros qilib qoldirgan.

Manbalar

Turkum:9-asr musulmon ulamolari Turkum:Muhaddislar Turkum:810-yilda tugʻilganlar