Al-Volid ibn Tarif ash-Shayboniy sakkizinchi asr xorijiylar yetakchisi. 794-yilda Abbosiylar xalifaligiga qarshi isyon koʻtargan. Biroq, 795-yilda magʻlubiyatga uchrab, oʻldirilgan. Faoliyati thumb|300px|Jazira va atrofdagi mintaqalar xaritasi Koʻpgina manbalarda al-Volid Banu Tagʻlib qabilasi a’zosi ekani tilga olinsa-da, Abulfaraj Isfahoniy va Ibn Xallikon uni shayboniy deb atashgan. Clifford Edmund Bosworthning fikricha, keyingi maʼlumotlar toʻgʻriroq hisoblanadi. Al-Volid xorijiylar sardori boʻlib, dovyurakligi va jasurligi bilan el orasida tanilgan ekan. Hayoti davomida asosan Jazira viloyatidagi Nasibin va al-Xabur hududlarida yashagan.

794-yilda Al-Volid Abbosiy xalifa Horun ar-Rashidga qarshi isyon koʻtarib, qisqa vaqt ichida atrofiga koʻplab tarafdorlar yigʻdi. Tez orada Jaziraning katta qismini bosib olib, oʻziga qarshi chiqqan Diyor Rabiʼa noibini oʻldirdi. Soʻngra, Diyor Mudarga bostirib kirib, Raqqada Abdulmalik ibn Solihni qamal qilishga kirishdi. Xorijiylar keyinchalik Arminiyaga yoʻl olishdi va Hilat shahrini qamal qilishdi. Shahar aholisi oʻz erkinliklari evaziga tovon toʻlashga rozi boʻldi. Shundan soʻng xorijiylar Ozarbayjon, Hulvon, Iroqning Savod viloyati hamda Dajla daryosining gʻarbiy sohilidagi hududlarga bostirib kirib, bu jarayonda boylik toʻplashdi; ; ; ; ; ; ..

Xorijiylarni toʻxtatish uchun Horun ar-Rashid ularga qarshi ketma-ket ikki qoʻshin yubordi. Biroq, bu qoʻshinlar isyonchilarga magʻlub boʻlib, har ikkala qoʻmondon ham jang maydonida halok boʻldi. Shundan soʻng, xalifa Yazid ibn Mazyad ash-Shayboniyni katta qoʻshinga qoʻmondon etib tayinlab, al-Volidga qarshi joʻnatdi. Xalifa Yazidga qoʻzgʻolonni iloji boricha tezroq bostirish uchun qat’iy koʻrsatma berdi. Yazid 795-yil oxirida Hit shahri yaqinidagi al-Hadisa degan joyda qoʻzgʻolonchilar bilan toʻqnashdi. Al-Volidni yakkama-yakka jangda magʻlub etib, oʻldirdi va boshini tanasidan judo qildi. Yazid xorijiylarning ko‘p qismini qatl etdi va qolganlarini tarqatib yuborishga majbur qildi. Natijada qoʻzgʻolon magʻlubiyat bilan yakunlandi; ; ; ; ; ; , Some of the specific details of the revolt are given differently in the sources..

Al-Volidning vafotidan soʻng singlisi jangchi va shoira Laylo bintu Tarif unga atab marsiya aytganClassical Poems by Arab Women: A Bilingual Anthology, ed. and trans. by Abdullah al-Udhari (London: Saqi Books, 1999), p. 106.. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:795-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidagi isyonlar Turkum:Xorijiylar Turkum:Banu Shaybon Turkum:Jangda oʻldirilgan oʻrta asrlar arablari