Karim ( — himmatli, saxiy; gunohlarni kechiruvchi) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Davlat va jamoat arboblari

Karimxon — Erondagi zandlar sulolasi asoschisi; Karim Abdullayev — O‘zSSR Sog‘liqni Saqlash xalq komissari; Karim Ahmedov — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Kimyo fanlari doktori, professor; Karim Bahriyev — Oʻzbek-sovet jurnalisti, yozuvchi, tarjimon va sobiq deputat; Karim Gʻaybullayev — qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi; Karim Hojiyevich Tohirov — bolalar xirurgi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan vrach; Karim Kamolov — oʻzbek davlat arbobi; Karim Masimov — Qozogʻiston davlat arbobi, Qozogʻistonning ikki karra bosh vaziri (2007—2012, 2014-yildan), QR Prezident Maʼmuryatining rahbari (2012—2014); Karim Muqumboyev — sovet partiya va davlat arbobi; Karim Sharipov — sovet jamoat, davlat va siyosiyat arbobi; Karim Valiyev — ozarbayjonlik harbiy ofitser; Karim Xakimov — tatar inqilobchisi, Sovet Ittifoqining diplomati; Karim Zarifov — Qoʻqon okrug kommiteti partiya tashkiloti aʼzosi.

Fan arboblari

Karim Findi — kurd yozuvchisi; Karim Shoniyozov — etnograf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, tarix fanlari doktori, professor; Karim Sodiqov — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor; Karim Sultanov — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Karim Yoʻldoshev — kardiolog, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Tibbiyot fanlari doktori, professor; Karim Yusupov — xalq seleksioneri, usta dehqon, sabzavotchilik amaliyoti novatori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom; Karimjon Moʻminov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi; Karimjon Qosimov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor, katta leytenant; Karimjon Umarov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.

Sanʼatkorlar

Karim Abdel Aziz — misrlik aktyor; Karim Mirxodiyev — sovet va oʻzbek aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist; Karim Rahimov — raqqos, aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti; Karim Xonkeldiyev — oʻzbekistonllik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti; Karim Yoʻldoshev — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.

Sportchilar Karim Abdul-Jabbor — amerikalik sobiq professional basketbolchi; Karim Abdul Razak — ganalik futbol murabbiyi va sobiq yarim himoyachisi; Karim Adeyemi — nemis futbolchisi; Karim Bagheri — eronlik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi; Karim Benzema — Fransiya terma jamoasi va Al-Ittihod futbol klubi hujumchisi; Karim Isroilov — qirgʻizistonlik sobiq professional futbolchi; Karim Toʻlaganov — oʻrta vazn toifasidagi oʻzbek bokschi; Karimxon Toʻrayev — oʻzbekistonlik xonanda va sozanda.

Boshqalar

Karim Habib — kanadalik avtomobil dizayneri; Karim Rashid — taniqli sanoat dizayneri; Karim Xon Kirmoniy — shayxi-shia olimi.

Familiyalar

Karimov Karimova

Yana qarang

Karima

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari