Naissa masjidi () – Suriyadagi Qardaha shahrida joylashgan masjid. Masjid 1989-yilda meʼmor Abdulrahmon Naassan tomonidan sobiq prezident Hafiz al-Asadning onasi Naissa Asad mablagʻlari hisobiga qurilgan va uning nomi bilan atalganMiller, Majorie va Daniszewski, John. Suriyaning 'Arsloni' bilan xayrlashuv Los Angeles Times. 14-iyun, 2000-yil.Naisa masjidi Archnet Digital kutubxonasi.. Hafiz al-Asadning dafn marosimi ham shu masjidda oʻtkazilgan.

Meʼmorchiligi Bino sakkiz qirrali namozxonadan iborat boʻlib, u yigirma toʻrtta rangli shisha derazalar bilan qoplangan gumbazga ega. Tashqarida, markazi marmar mozaika bilan bezaklangan favvora joylashgan hovli va ayvonlar bor. Binoda shuningdek, janubiy ayvon ortida kutubxona va sharqiy ayvon ortida qabulxona qurilgan.

Shimoli-sharqiy burchakda joylashgan minora 5 metr balandlikdagi poydevorga ega boʻlib, sakkiz qirrali shafti 40 metr balandlikkacha yetadi. Masjidning meʼmorchiligi Qubbat as-Saxraga oʻxshash boʻlib, sakkiz qirrali shakli va gumbazli tuzilishi jihatdan deyarli bir xil. Asosiy qismdagi ayvonlarning shaffofligi markaziy yorqinlikni taʼminlaydi.

Yana qarang Asad maqbarasi

Manbalar

Turkum:1989-yilda Suriyada qurilgan binolar Turkum:1989-yilda qurilgan masjidlar Turkum:Suriyadagi masjidlar Turkum:Suriyadagi minorali masjidlar Turkum:Suriyadagi gumbazli masjidlar