Alakbar Mammadov () – sovet va ozarbayjonlik futbolchi boʻlib, 1950-yillarda Moskvaning „Dinamo“ klubi hujumchisi va keyinchalik mustaqil Ozarbayjon milliy futbol jamoasining birinchi murabbiyi sifatida tanilgan.

U SSSR Oliy Ligasining toʻrt karra chempioni va SSSR terma jamoasi aʼzosi sifatida SSSR sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Mammadov oʻzi tugʻilib oʻsgan shahridagi klub – „Neftchi“da ham toʻp surib, ham murabbiylik qilib, 12 yil faoliyat olib borgan.

U San Siroda „Milan“ darvozasiga toʻrtta gol urgan yagona futbolchi edi.

Faoliyati Mammadov 1957-yilgi „Spartak“ jamoasiga qarshi chempionat oʻyinining 87-daqiqasida „Dinamo“ uchun SSSR oliy ligasi chempionlik unvonini olib bergan gʻalaba golini urgani bilan mashhur edi. 50 yil oʻtgach, Mammadovning ushbu goli „Dinamo“ning Petrovskiy bogʻida I darajali Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlanishga sababchi boʻldi. Chempionatda „Dinamo“ tarkibida urgan 45 ta golidan tashqari, Mammadov xalqaro klub oʻyinlarida 11 ta gol urgan, 1955-yilda San Siro stadionida 100,000 tomoshabin oldida „Milan“ darvozasiga va 1956-yilgi Moskvadagi oʻrtoqlik oʻyinida 90,000 muxlis guvohligida Braziliyaning „Vasco da Gama“ jamoasi darvozasiga urgan gollari shular jumlasidandir.

1972-yildan 1990-yilgacha Mammadov „Charm toʻp“ butunsovet yoshlar futbol turnirini tashkil etib kelgan shtabning Prezidenti sifatida ishlagan. Alakbar 1991-yilda „Futbol kasbi sirlari“ nomli xotira kitobini yozgan.

1992-yilda Mammadov Ozarbayjon milliy futbol terma jamoasining birinchi bosh murabbiyiga aylandi va 1993-yil 25-maydagi Gruziyaga qarshi uchrashuvda terma jamoa tarixidagi ilk gʻalabaga erishdi (3:1). Ozarbayjon futboliga qoʻshgan hissasi uchun 2008-yilda Mammadov sharafiga Bokuda futbol turniri tashkil etilgan.

Yutuqlari Dinamo Moskva SSSR Oliy Ligasi chempioni (4): 1954, 1955, 1957, 1959 SSSR Oliy Ligasi vitse-chempioni (2): 1956, 1958 SSSR kubogi vitse-chempioni (1): 1955

Individual SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxati (3): 1956, 1957, 1958

Mukofotlari „Hurmat belgisi“ ordeni „Shuhrat“ ordeni I darajali Aleksandr Nevskiy ordeni

Manbalar

Havolalar

KLISF saytida oʻyinchining statistikasi RussianTeam.ru: We Must Draw on the

Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Ozarbayjonlik futbol murabbiylar Turkum:Ozarbayjon milliy futbol terma jamoasi murabbiylari