Oʻsimliklar huquqlari – bu baʼzi oʻsimliklarga tegishli boʻlishi mumkin boʻlgan huquqlar. Bunday masalalar koʻpincha inson huquqlari, hayvonlar huquqlari, biotsentrizm yoki sentientizm haqidagi muhokamalar doirasida koʻtariladi.

Falsafa Samuel Butlerning „Erewhon“ asarida „The Views of an Erewhonian Philosopher Concerning the Rights of Vegetables“ () nomli bob mavjud.

Hayvon huquqlari oʻsimliklarga ham tatbiq etilishi mumkinmi degan savolga hayvon huquqlari faylasufi Tom Regan, hayvonlar ongli boʻlgani sababli huquqlarga ega boʻladi deya javob bergan va bu holatni „hayot subyektlari“ deb ataydi.

Faylasuf Michael Marderning soʻzlariga koʻra, oʻsimliklarning huquqlarga ega boʻlishi kerak degan gʻoya „oʻsimlik subyektivligi“ tushunchasidan kelib chiqadi, bu esa inson shaxsiyatidan farqlanadi. Paul W. Taylor barcha hayot shakllari ichki qiymatga ega deb hisoblaydi va oʻsimliklarga nisbatan ham hurmat bilan munosabatda boʻlishni targʻib qiladi, biroq oʻsimliklarning insonlar va hayvonlar kabi huquqlarga ega boʻlishini tasdiqlamaydi. Tergovchi jurnalist I. F. Stonening oʻgʻli Christopher D. Stone 1972-yilda chop etilgan „Daraxtlar huquqlarga ega boʻlishi kerakmi?“ nomli maqolasida, agar korporatsiyalar huquqlarga ega boʻlsa, tabiiy obyektlar, masalan, daraxtlar ham huquqlarga ega boʻlishi kerakligini ilgari surgan. Stone tarix davomida jamiyatlar yangi obyektlarga huquqlar berib kelganini taʼkidlaydi. U bunga qora tanlilar, yahudiylar, ayollar va homilalar huquqlarining kengaytirilishini misol qilib keltiradi va oʻsha davrlarda bunday gʻoyalar „aqlga sigʻmaydigan“ deb qabul qilinganini ham tushuntiradi.

Matthew Hall toʻgʻridan-toʻgʻri „huquqlar“ tushunchasiga murojaat qilmagan boʻlsa-da, oʻsimliklarni inson axloqiy eʼtibor doirasiga kiritish kerakligini ilgari suradi. Uning „Plants as Persons: A Philosophical Botany“ () asari asari gʻarb falsafasida oʻsimliklarning axloqiy oʻrnini tahlil qiladi va buni boshqa anʼanalar, jumladan, mahalliy xalqlarning madaniyatlari bilan taqqoslaydi. Ular oʻsimliklarni shaxs sifatida – faol, aqlli mavjudotlar sifatida koʻrib, ularga hurmat va gʻamxoʻrlik qilish kerakligini tan oladilar. Hall oʻsimliklarning axloqiy jihatdan eʼtiborga olinishi kerakligi toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻsimlik neyrobiologiyasi asosida himoya qiladi. Bu fan oʻsimliklarni mustaqil, sezgir va murakkab, moslasha oladigan xatti-harakatlarga ega organizmlar sifatida koʻrib chiqadi. Ular hatto oʻzini va begona organizmlarni ajrata olish qobiliyatiga ega ekanligi ilgari suriladi.

Huquqiy dalillar 1972-yildagi Sierra Club v. Morton ishida Amerika Qoʻshma Shtatlari Oliy sudining qaroriga qarshi fikr bildirgan yurist William O. Douglas oʻsimliklar va boshqa tabiat obyektlari ham himoya qilinishi kerak deb hisoblagan va tabiatni faqat odamlar manfaatlari bilan bogʻlamaslik lozimligini aytgan. Sudya Douglas oʻsimliklarni va tabiiy resurslarni himoya qilish uchun yuridik tizimda yangi bir tushuncha kiritishni taklif qilgan edi.

Shveysariya Konstitutsiyasida „hayvonlar, oʻsimliklar va boshqa organizmlar bilan munosabatda boʻlganda yaratilishning qadr-qimmatini hisobga olish“ni talab qiluvchi qoida mavju. Shveysariya hukumati, shuningdek, qanday qilib oʻsimliklarning qadr-qimmatini himoya qilish kerakligi boʻyicha axloqiy tadqiqotlar olib borgan.

2012-yilda Yangi Zelandiyadagi bir daryo, uning chegaralarida oʻsuvchi oʻsimliklar va boshqa organizmlar bilan birgalikda huquqiy shaxs sifatida tan olinib, oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun qonuniy harakatlarni boshlash huquqiga ega boʻlgan (bu huquqni uning himoyachilari orqali amalga oshirish mumkin).

Yana qarang

Oʻsimliklar tashabbusi – oʻsimliklarga hurmatni oshirish uchun harakatni shakllantirish

Manbalar

Havolalar The Plant Initiative – oʻsimliklarga boʻlgan hurmatni oshirish hamda ularni himoya qilishga qaratilgan harakatni rivojlantirishga intiluvchi tashkilot

Turkum:Huquq nazariyalari Turkum:Bioetika