Abduaziz — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Kuch va quvvat egasi, hech qachon magʻlub boʻlmaydigan, barcha narsada gʻolib keluvchi Allohning bandasi; izzat va eʼzoz sohibining (yaʼni Allohning) quli maʼnolarini anglatadi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Abduaziz Yusupov — oftalmolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967).
Yana qarang
Abduazizov
Manbalar
Turkum:Arabcha erkaklar ismlari