Alisher () — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Alisher Navoiy — turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobi.

Davlat arboblari Alisher Qodirov — Oʻzbekistonning oʻng qanotli siyosatchisi, 2019-yil 22-maydan boshlab, Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari; Alisher Saʼdullayev — Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Yoshlar ishlari agentligi direktori va Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining raisi oʻrinbosari.

Sanʼatkorlar

Alisher Fayz — taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, shoir va bastakor; Alisher Uzoqov — oʻzbek film aktyori, rejissori, qoʻshiqchisi va professional futbolchisi;

Sportchilar

Alisher Jalilov — tojikistonlik professional futbolchi, „Istiqlol“ da yarim himoyachi.

Tadbirkorlar Alisher Usmonov —rossiyalik oʻzbek tadbirkor, sarmoyador, USM holdings kompaniyasi asoschisi;

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Forscha erkaklar ismlari