Odalar masjidi () – Turkiyaning Istanbul shahridagi Usmoniylar masjidiMüller-Wiener (1977), p. 188.. Dastlab Vizantiya imperiyasi davriga oid pravoslavlik cherkovi boʻlgan. 1475-yilda, Konstantinopol fathidan keyin (1453), dastlab katolik cherkoviga, keyinchalik 1640-yilda Usmoniylar tomonidan masjidga aylantirilgan. Masjid 1919-yilda yongʻin natijasida vayron boʻlgan va xarobaga aylangan. 2011-yil holatiga koʻra, binoning faqat ayrim devorlarigina saqlanib qolgan.
Joylashuvi Bino xarobalari Istanbulning Fotih tumani, Salmatomruk mahallasi, Edirne Kapidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, Kariye va Fethiye masjidi oʻrtasida joylashganWestphalen (1998), p. 1..
Tarixi right|thumb|250x250px|Genuyadagi Caffa qalʼasi. Bu yerdan Istanbulning Kefeli mahallasida istiqomat qilgan italiyaliklar deportatsiya qilingan. 1782-yilda hududga yanicharlar joylashtirilganidan soʻng, masjid Odalar nomini olgan. Bundan oldin yanicharlar Shahzoda masjidi yaqinidagi Eski Odalar (Eski kazarma)da istiqomat qilishar ediWestphalen (1998), p. 1.. Binoning holati asta-sekin yomonlashib, doimiy ravishda buzilib borgan. XIX asrning oʻrtalariga kelib, gumbaz qulab tushgan. 1919-yil 2-iyulda Salmatomruk yongʻini natijasida ham masjid katta zarar koʻrgan. Masjid joylashgan mahalla zamonaviy mezonlar asosida qayta qurilgan vaqtda ham bino qayta tiklanmagan va vayronaga aylanganWestphalen (1998) p. 52.
Bino masjidga aylantirilganidan soʻng, unga qoʻshimcha ravishda mehrob, minbar va minora qurilgan. 1919-yilgi yongʻindan soʻng masjid vayron boʻlgan (bino tomi, keyinchalik 1820-yillarda minora qulab tushgan). 1934/1935-yillarda nemis arxeologi Paul Schatzmann tomonidan yaxshilab tekshirilib, oʻrganib chiqilganWestphalen (1998), p. 5..
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Istanbuldagi masjidlar