thumb|Linxia shahridagi Hongyuan bogʻi devori ustidagi Qi Jingyi Gongbei (maqbarasi) gumbazi Qi Jingyi (xitoycha: 祁靜) (1656-yilda tugʻilgan ;1719-yilda vafot etgan), Hiloliddin nomi bilan ham tanilgan, xitoylik soʻfiy ustozi boʻlgan. Xitoylik musulmonlar orasida Qodiriylik maktabining tarqalishida muhim rol oʻynagan. Qi Jingyi oʻz izdoshlari orasida Qi Daozu (xitoycha:) yaʼni, Buyuk Ustoz Qi nomi bilan tanilganGladney, Dru C. „Muslim Tombs and Ethnic Folklore: Charters for Hui Identity“ Journal of Asian Studies, August 1987, Vol. 46 (3): 495-532.

Hayoti Qi Jingyi izdoshlarining soʻzlariga koʻra, 16 yoshli Qi Jingyi 1672-yilda Xining shahrida hurmatli usta Afaq Xoja bilan uchrashgan va undan oʻz ustozi boʻlishini soʻragan. Afaq Xoja bunga javoban shunday degan: „Men sizning ustozingiz emasman. Mening qadimiy taʼlimotim sizga oʻtmaydi. Sizning ustozingiz allaqachon Sharq dengizini kesib oʻtib, Sharq yurtiga yetib kelgan. Shuning uchun siz tezda uyingizga qaytishingiz kerak, shunda siz oʻz yurtingizda mashhur ustoz boʻlasiz“.

Keyinchalik Qi 1674-yilda paygʻambar Muhammadning Xitoyga kirib kelgan 29-avlodi, Xoja Sayyid Abdulloh qoʻlida tahsil olganGladney, Dru C. „Muslim Tombs and Ethnic Folklore: Charters for Hui Identity“ Journal of Asian Studies, August 1987, Vol. 46 (3): 495-532.

Vafoti Linxia shahridagi Qi Jingyining qabri „Buyuk qabr“ yoki Da Gongbei deb ataluvchi ziyoratgoh majmuasining markaziga aylangan boʻlib, u Xitoyda Qodiriya tariqatining asosiy markazi boʻlib qolmoqdaGladney, Dru C. „Muslim Tombs and Ethnic Folklore: Charters for Hui Identity“ Journal of Asian Studies, August 1987, Vol. 46 (3): 495-532. Manbalar

Turkum:1656-yilda tugʻilganlar Turkum:1719-yilda vafot etganlar