Aslanhane masjidi () – Turkiyaning Anqara shahridagi XIII asrda qurilgan masjid.

Joylashuvi Masjid Anqara qal’asi yonida Anqaraning eski kvartalida joylashgan.

Tarixi 1290-yilda Anadolu saljuqiylari hukmdori Mesud II davrida qurilgan masjid Turkiyadagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi. Meʼmori – Ebubekir Mehmet edi. Masjid 2010–2013-yillarda vaqflar bosh boshqarmasi tomonidan bir necha kichik taʼmirdan soʻng qayta tiklangan.

Bino Bino hududda joylashgan boʻlib, 1 ta minorasi bor. Yogʻochdan qurilgan tomi 24 ta katta yogʻoch ustunlar bilan mustahkamlangan. 3 ta darvoza va 12 ta derazalari bor. Mehrobi saljuqiy koshinlari bilan bezatilgan.

Sharofiddin maqbarasi masjidga qaragan. Ilgari Sharofiddin masjidi devorlariga koʻmilgan sher haykali boʻlgan, shu sababli masjidning mashhur nomi Aslanhane boʻlib, sherning uyi degan maʼnoni anglatadi.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Turkum:Anqaradagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari