Doktor Muhammad al-Ammor (arabcha:محمد العمار) zoʻravonliksizlik tarafdori, shifokor, musulmon voiz, yozuvchi va suriyalik muxolifatchi.
Hayoti 1962-yil 2-fevralda Dara viloyatining Namar qishlogʻida tugʻilgan doktor Muhammad al-mmor Suriyaning Tishrin universitetida tibbiyot fanlari doktori darajasiga ega amaliyotchi shifokordir. al-Ammor Namarning Umar Ibn Alxatab masjidida koʻngilli boʻlib xizmat qilgan va 1993-1998-yillar davomida u yerda besh yil insonlarga maʼruzalar qilish bilan shugʻullangan. Shuningdek, Suriya ichidagi va xorijdagi madaniy markazlarda va konferentsiyalarda maʼruzalar qilgan.
Al-Ammor oʻzini shunday taʼriflagan:"falsafa, tarix, din va gumanizmga qiziqishda ayblangan suriyalik shifokor; insoniyatning tabiat, psixologiya va sotsiologiya sohasidagi yutuqlari va kashfiyotlariga intilib, oʻz dunyosini yanada ravshan va yaxshiroq joyga aylantirish mas’uliyatini his qiladigan ziyoli".
U Damashq deklaratsiyasini imzolagan.
Demokratik oʻzgarishlarni milliy muvofiqlashtirish qoʻmitasi aʼzosi.
Doktor al-Ammor 2011-yilda Suriya harbiy razvedkasi tomonidan ikki marta hibsga olingan va 2012-yil 20-martda yana hibsga olingan boʻlib, haligacha qamoqda saqlanmoqda Manbalar .
Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar