Shayx Fahd bin Abdurahmon bin Fahd ad-Daxil masjidi () yoki oddiygina ad-Daxil masjidi () deb ham ataladi. Bino Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahridagi ash-Shuhada mahallasida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjidi hisoblanadi.
Masjid 2004-yilda ochilgan.
Umumiy maʼlumot Masjid qurilishi 2000-yilda boshlangan va 2004-yilda nihoyasiga yetkazilgan. Bino ar-Riyodning ash-Shuhada mahallasida qurilgan. Masjid minorasining balandligi , gumbazi ni tashkil qiladi. Bino mavsumdan tashqari vaqtlarda taxminan 1800 namozxonni, eng koʻpi bilan 3000 namozxonni sigʻdira oladi. Ramazon oyida masjid atrofidagi hudud ham foydalanishga topshirilgach, 7000 nafargacha namozxon masjidga tashrif buyurishi mumkin boʻladi.
Masjid ochilganidan boshlab bu yerda Yosir ad-Davsariy imomlik qilgan va Makkadagi al-Masjid al-Harom imomlaridan biri etib tayinlanguniga qadar shu yerda faoliyat olib borgan.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 21-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi gumbazli masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar