Goʻzal oʻyin (portugalcha: o jogo bonito) – futbolda keng qoʻllaniladigan atama hisoblanadi. Bu atamani 1957-yildan 1977-yilgacha faoliyat yuritgan braziliyalik futbolchi Pele ommalashtirgan. Garchi baʼzilar iboraning aniq kelib chiqishi haqida turli versiyalarni keltirsada, u Braziliyada keng tarqalgan edi. Ingliz futbol sharhlovchisi Styuart Xoll bu iborani 1958-yilda birinchi bor qoʻllagan. Xoll Meyn Roudda Manchester Cityning oʻyinini koʻrgani borganda, Piter Dohertining oʻyiniga qoyil qolgan va umuman futbolni taʼriflash uchun jogo bonito iborasini ishlatgan. Oʻz faoliyati davomida braziliyalik futbolchi Ronaldinho jogo bonito uslubida oʻynashning yorqin namoyandasi boʻlgan. Manbalar
Turkum:Futbol terminologiyasi Turkum:Braziliyada futbol Turkum:Pele