Shuhrat Choriyevich Aslanov () – oʻzbek davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi direktori. Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektori, „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori. 2024-yil Oʻzbeksiton Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan. „Shuhrat medali“ sohibi.

Biografiyasi Shuxrat Aslanov 1978-yil 21-yanvarda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Millati oʻzbek. OʻzLiDeP aʼzosi. 1999-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ixtisosligi – agromuhandis. 2023-yil „Shuhrat medali“ bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyati Mehnat faoliyatini Qarshi shahar hokimligi aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimining fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari hududlariga biriktirilgan inspektorligidan boshlagan. 2000-yildan 2001-yilgacha – „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ unitar shuʼba korxonasi suv taʼminoti va oqova sexi mashinisti boʻlib ishlagan. Turli yillarda korxonada mas’ul lavozimlarda faoliyatini olib borgan. 2017—2018-yillarda Shurtan gaz kimyo majmuasi direktor oʻrinbosari vazifasini bajargan. 2018-yildan 2019-yilgacha majmuaning direktori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan. 2019-yilda „Shurtan gaz kimyo majmuasi“ masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston senatorlari