Hasan ibn Atahiya () (750-yilda vafot etgan) – 745-yilda bir muddat Umaviylar xalifaligining Misrdagi hokimi.
Faoliyati Banu Tujib qabilasi aʼzosi boʻlgan Hasan ibn Atahiya Misrning islomiy fathida ishtirok etib, Roshidun xalifasi Umarning hamrohi boʻlgan Hasan ibn Atahiyaning avlodi edi. Bobosi Abdurahmon ibn Hasan Abdulaziz ibn Marvon () hukmronligi davrida Misr mirshablar boshligʻi (sohib ash-shurta) boʻlib xizmat qilgan.
745-yilda Hasan xalifa Marvon ibn Muhammad tomonidan Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiyning oʻrniga Misr hokimi etib tayinlandi. Mart oyida viloyatga kelganida Hasan dastlab Hafs tomonidan tuzilgan armiya boʻlinmalarini tarqatib yuborishga harakat qildi, ammo askarlar zoʻravonlik bilan bunga qarshi chiqishdi va natijada qoʻzgʻolon boshlandi. Askarlar Hafsdan boshqasini viloyat hokim sifatida tan olishdan bosh tortishlarini bildirishdi, Hasan ibn Atahiyani oʻz qarorgohida qamal qilishdi, yana boshqa askarlar esa Amir masjidiga borib, Marvonni xalifalikdan chetlatishga chaqirishdi. Oxir-oqibat, Hasan ham, mahalliy xiroj soligʻi xodimi ham viloyatni tark etishga majbur boʻlidi, Hafs hokimiyatni qayta tikladi. Hasan ibn Atahiya atigi 16 kun davomida Misr hokimligini qoʻlida ushlab turdi; ; ; ; . This last author (ibid.) also claims that Hassan was governor during the reign of Hisham ibn Abd al-Malik, and furthermore () makes a reference to his presence at the Battle of Bagdoura in 741..
Misrdan quvilganidan keyin Hasan Suriyaga yoʻl oldi va Marvonga boʻlgan voqeani aytib berdi; .. Tarixchi al-Kindiyning soʻzlariga koʻra, Hasan keyinchalik Misrga qaytib kelgan, Havsara ibn Suhayl Hafs va uning tarafdorlarini hokimiyatdan „tozalaganidan“ keyin sohib ash-shurta etib tayinlangan. He may also have been appointed as interim governor after Hawtharah’s departure from Egypt in 749; .. Tarixchi Ibn Tagʻribirdiy esa Abbosiylar inqilobiga qadar Hasanning Umaviylar saroyida qolganini daʼvo qiladi. 750-yilda Umaviylar hokimiyatining qulashi ortidan Hasan ham inqilob qurboni boʻlgan, yangi hokim Solih ibn Ali huzuriga olib kelinib, u kaltaklangan va qatl qilish uchun topshirilgan; ; ; ..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asr Misrdagi Umaviylar hokimlari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:750-yilda vafot etganlar