Islomnur Magomedrasulovich Abdulavov (1994-yil 7-mart, Paraul qishlogʻi, Qarabudaxkent tumani, Dog‘iston, Rossiya) – rossiyalik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Biografiyasi Dogʻistonning Qorabudaxkent tumanidagi Paraul qishlogʻida tugʻilgan. Respublika bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida murabbiy Gamal Babayev qoʻl ostida futbol bilan shugʻullana boshlagan. 2010—2011-yilgi mavsumni Kiyevning „Dinamo“ sport maktabida oʻtkazgan.
2011-yilda „Anji“ jamoasi safiga qoʻshilgan. „Anji“ tarkibida ilk bor 2013-yil 17-avgustda Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻyinning 67-daqiqasida Mehdi Karsela-Gonsales oʻrniga maydonga tushgan. „Anji“ tarkibidagi birinchi golini 2013-yil 6-oktyabrda Qozonning „Rubin“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan.
2016-yil iyul oyi oxirida „Ufa“ jamoasiga oʻtgan. Debyutiroval za „Ufu“ 31 iyulya 2016 goda v matche protiv „Urala“. „Ufa“ tarkibida debyutini 2016-yil 31-iyulda „Ural“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2017-yil 30-oktyabrda „Rubin“ga qarshi uy uchrashuvida zaxira oʻyinchisi sifatida roʻyhatga kiritilgan, oʻyin vaqtida klublarning zaxira oʻyinchilari orasidagi toʻqnashuvda qatnashgani uchun sariq kartochka olgan. 2018-yil 22-fevralda mavsum oxirigacha ijara asosida „Tom“ jamoasiga oʻtgan. 4-mart kuni Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga qarshi oʻyinda Anton Makurin oʻrniga maydonga tushib, debyut qilgan. „Tom“ uchun ilk golini 2018-yil 24-martda Novosibirskning „Sibir“ jamoasiga qarshi oʻyinda urgan. 2018-yil iyun oyi oxirida ijara asosida „Rotor“ jamoasiga oʻtgan. 2019-yil fevral oyida „Tom“ klubiga qaytgan. Yilning ikkinchi yarmini Qozog‘istonning „Atirau“ jamoasida oʻtkazgan, 2020-yil fevralidan boshlab esa „Oqjetpes“ safiga qoʻshilgan.
2021-yil 15-fevralda Maxachqalaning „Legion Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayoti
Millati qo‘miq boʻlib, Dogʻistonning Qorabudaxkent tumanidagi Paraul qishlogʻidan. 2016-yilning 10-dekabrida oila qurgan. Musulmon millatiga mansub.
Manbalar