Tyrick Kwon Mitchell (1999-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) - angliyalik professional futbolchi, chap qanot himoyachisi. Angliyaning Crystal Palace klubi sharafini himoya qiladi.

Brentford va Crystal Palace akademiyalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020-yilning iyul oyida asosiy jamoada debyut qilgan va keyingi mavsumda jamoaning muhim oʻyinchilaridan biriga aylangan.

Bolaligi Mitchell Londonda tugʻilgan. Harrow shaharchasi yaqinidagi oʻrta maktabda tahsil olgan. Faoliyatini Pinner Albion klubida boshlagan va toʻqqiz yoshida Watford klubi sinovidan sinovidan oʻtgan. Bolalik davrida Tyrickning otasi qamoqda boʻlgan. Oilani boqish onasining boʻynida qolib ketganligi uchun unga yordam berishgaharakat qilgan. Shu sababli Mitchell mashgʻulotlarga borishda muammoga duch kelgan. Keyinchalik Abdi Farah boshchiligidagi AFC Wembley klubi safiga borib qoʻshilgan. Brentford akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi kechgan bahsda ushbu klub skautlarini hayratda qoldirgan.

Faoliyati

Brentford 2012-yilda Mitchell Brentford akademiyasiga oʻtgan. Jamoa safida 15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida 2014-yilgi oʻtkazilgan „Milk Cup“ nomli musobaqada Junior Globe sovrinini qoʻlga kiritgan. 2016-yilning may oyida moliyaviy muammolar tufayli akademiya yopilgan. Tyrick esa oilasini boqish uchun Londonda qolishga qaror qilgan.

Crystal Palace 2016-yil iyul oyida Premyer-liganing Crystal Palace klubiga oʻtgan. Ilk mavsumni oʻrinbosarlar tarkibida oʻtkazgan. 18 yoshgacha va 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi chempionatlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Crystal Palace U23 jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. 2019-yil yanvar oyida klub bilan shartnomasini uzaytirgan.

2019—20-yilgi mavsum 2019-yilgi mavsumoldi mashgʻulotlari paytida sonidan jarohat olgan va besh oyga safdan chiqqan. 16-dekabr kuni Brighton & Hove Albion klubiga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvda qaydnomaga kiritilgan, lekin maydonga tushirilmagan. COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan oldin olgan navbatdagi jarohati esa uning yana uzoq vaqt oʻyinlarda ishtirok eta olmasligiga sabab boʻlgan.

Chempionat 2020-yil iyun oyida qayta tiklanganidan soʻng, Mitchell toʻqqizta oʻyinning hammasida qaydnomaga kiritilgan. 4-iyul kuni Crystal Palace Leicester Citydandan 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Mazkur uchrashuvda Patrick van Aanholt oʻrniga maydonga tushirilgan. 16-iyul kuni Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (2:0 hisobida Crystal Palacening magʻlubiyati bilan yakunlangan) ham zaxiradan maydonga tushgan. Chempionatning soʻnggi ikki oʻyinini (Wolverhampton va Tottenhamga qarshi) asosiy tarkibda boshlagan.

2020—21-yilgi mavsum 2020—2021-yilgi mavsumda asosiy jamoa murabbiyi Roy Hodgson tomonidan muntazam ravishda asosiy tarkibga jalb etilgan. Chempionatning dastlabki 6 ta oʻyinida ishtirok etgan va 6-oʻyinda jarohat olgan. Dekabr va fevral oylarida oʻtkazilgan 7 ta oʻyinda ham maydonga tushgan. 2021-yil aprel oyida Arsenal Tyrick Mitchellga qiziqish bildirgan. Lekin futbolchi Crystal Palace bilan 4 yillik yangi shartnoma imzolagan. May oyida mavsumning soʻnggi olti oʻyinida chap qanot himoyachisi pozitsiyasida maydonda harakat qilgan. 16-may kuni debyut golini Aston Villa klubi darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Xuddi shu oʻyinda klub safidagi ilk golli uzatmasini amalga oshirgan. Oʻyin 3:2 hisobida Crystal Palace foydasiga hal boʻlgan.

2022—2023-yilgi mavsum 2023-yil 6-may kuni Crystal Palace Tottenhamga safarda 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Mazkur uchrashuvda Mitchell jamoa safidagi 100-oʻyinini oʻtkazgan.

2023—24-yilgi mavsum 2023-yilning 4-noyabrda Burnley klubi darvozasiga toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan. Oʻyin 2:0 hisobida yakunlangan. Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari