Kelly Chiavaro (1996-yil 3-iyulda tugʻilgan) futbolchi va plyaj futboli oʻyinchisi boʻlib, Brasilerio Feminino Série A1 ligasidagi Santos klubining darvozaboni sifatida faoliyat yuritadi. Kanadada dunyoga kelgan boʻlsa-da, u xalqaro plyaj futboli musobaqalarida Italiya milliy terma jamoasi safida toʻp surgan. Yoshlik yillari Chiavaro yoshligida AS Blainville va Lakeshore SC jamoalarida futbol oʻynagan. Kollejdagi faoliyati 2016-yilda Chiavaro Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Colgate Raiders jamoasiga qoʻshilgan. Chiavaro Colgate universitetidagi toʻrt yillik talabalik faoliyati davomida 65 ta oʻyinda ishtirok etib, 270 ta seyv amalga oshirgan va 17 ta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 2018-yilda, uchinchi bosqich talabalik paytida, u Patriot ligasida yilning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. Klubdagi faoliyati 2018 va 2019-yillarda Kelly Québec Futbol Premyer-ligasida AS Blainville jamoasi safida toʻp surgan.

2020-yilda Chiavaro Isroilning oliy ligasi hisoblanadigan Ligat Nashimda faoliyat yurituvchi Maccabi Emek Hefer WFC jamoasiga oʻtgan. 2021-yilda u Italiyaning oliy ligasi Serie Aʼda ishtirok etadigan Napoli klubiga qoʻshilgan. 2022-yilda Chiavaro Brasileiro Feminino Série A1 ligasida oʻynaydigan CR Flamengo klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil 13-aprelda Chiavaro Brasileiro Feminino Série A2 ligasida qatnashadigan Botafogo jamoasiga oʻtgani eʼlon qilingan.

2024-yil 11-yanvarda Chiavaro Braziliyaning eng yuqori divizionida oʻynaydigan Santos jamoasiga oʻtgani maʼlum boʻlgan. Xalqaro faoliyati Chiavaro Kanada va Italiya fuqaroligiga ega. 2022-yilda „Napoli“ jamoasi safida oʻynayotgan paytda, u Italiya ayollar milliy plyaj futboli terma jamoasiga taklif etilgan. U Yevropa plyaj futboli kubogida ishtirok etgan. Musobaqa Portugaliyaning Nazare shahrida oʻtkazilgan. Shahsiy hayoti Chiavaro argentinalik futbolchi Sole Jaimes bilan ishqiy munosabatlarda. Ular ikkalasi ham Italiyada „Napoli“ jamoasi safida futbol oʻynagan paytlarida tanishganlar. Manbalar

Havolalar

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kanadalik ayol futbolchilar Turkum:Italiyalik ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli darvozabonlari