Maxmut Makal (1930-yil, Gyulagach – 2018-yil 10-avgustda, Anqara) – turk yozuvchisi, shoiri va pedagogi. Uning „Bizning qishlogʻimiz“ (turkcha: Bizim Köy) nomli asari turk adabiyotida „qishloq adabiyoti“ janriga asos soldi.
Biografiyasi Boʻlajak shoir 1930-yilda Gyulagach tumanidagi Demirji qishlogʻida tavallud topgan. 1943-yilda Ivriz qishloq institutiga oʻqishga kirib, u yerda adabiyot va she’riyat ilmini oʻzlashtirgan. Ilk she’rlarini 1945-yilda „Türk’e Dogʻru“ jurnalida, 1946-yilda esa „Köy Enstitüsü“ jurnalida eʼlon qilgan. Ayniqsa, Makalning „Varlık“ jurnalida chop etilgan „Qishloqdan maktublar“ asari keng jamoatchilik eʼtiborini qozonganMahmut Makal: 'Canlandırılacak Köy’den 'Bizim Köy’e.
Maxmut Makal 1947-yilda qishloq xoʻjaligi institutini tugatgach, olti yil davomida qishloqda o‘qituvchilik qildi. 1950-yilda o‘qituvchilik faoliyati davomida orttirgan tajribasiga asoslangan „Bizning qishlogʻimiz“ (turkcha: Bizim Köy) nomli kitobini nashr ettirdi. Bu asar Turkiyada „qishloq adabiyoti“ janrining asoschisi boʻlib qoldi. „Bizning qishlogʻimiz“ mamlakat boʻylab keskin munozaralarga sabab boʻldi, bu esa Makalning hibsga olinishi va maʼlum muddat qamoqda saqlanishiga olib keldi.
Shoir 1953-yilda Anqaradagi Gʻoziy universitetiga oʻqishga kirdi va Fransiyaga tashrif buyurdi. Safar davomida Yevropa sotsiologiya markazida tadqiqotlar olib bordi. 1965-yilda esa Ishchi partiyasidan parlament aʼzoligiga oʻz nomzodini qoʻydi. Soʻngra Adana, Anqara va Antalyadagi boshlangʻich maktablarda faoliyat yuritgan. 1971-yilda Istanbuldagi imkoniyati cheklangan bolalar maktabida turk tili o‘qituvchisi sifatida ishlagan. 1971-1972-yillarda „Bizim Köy Publshing“ nashriyotiga rahbarlik qilgan, 1972-yilda esa Ka-Foskari universitetida turk tili va adabiyoti fanlarini oʻqitgan.
Yozuvchi 2018-yil 10-avgustda Anqarada vafot etdi.
Manbalar
Turkum:1930-yilda tugʻilganlar Turkum:2018-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar