Muhammad bin Ladin (; — 3-sentyabr, 1967-yil) — Yamanda tugʻilgan saudiyalik milliarder, asosan qurilish sohasida faoliyat yuritgan. U bugungi kundagi Saudi Binladin Group kompaniyasiga asos solgan va bin Ladin oilasining boyligi va obroʻsini oʻrnatgan eng boy saudiyalik hisoblanadi. Bundan tashqari Muhammad Al-Qoida tashkilotining asoschisi Usoma bin Ladinning otasi.
Hayoti Muhammad bin Ladin Yaman janubidagi Hazramavt qirgʻogʻida, Vadi Doandagi al-Rubatlik Kindit Hadrami qabilasidan boʻlgan Avad bin Ladinning oilasida 1908-yilda tugʻilgan deb tahmin qilinadi, chunki oʻsha vaqtda markaziy hukumat hudud ustidan nazorat oʻrnatmagan va tugʻilish roʻyxati mavjud emas edi. Muhammadning bobosi Abud boʻlib, toʻrt aka-ukadan biri (boshqalari Ahmad, Mansur va Zayd), toʻrtta Banu Ladin ajdodlaridan kelib chiqqan.
Kambagʻal va oʻqimagan bin Ladinning oilasi Birinchi Jahon urushidan oldin Tihamaga koʻchib kelgan. Erik Margolisning soʻzlariga koʻra, u dastlab oʻsha paytdagi boshqa qashshoq yaman muhojirlari kabi Jiddada hammol boʻlib ishlagan. Ammo, salon.com nashrining xabar berishicha, uning birinchi ishi Aramco kompaniyasida gʻisht teruvchi boʻlgan. 1931-yilda u oʻz qurilish biznesini boshladi. Muhammad Saudiya Arabistonining birinchi monarxi Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning eʼtiboriga tushgandan soʻng, uning oilasi „qirollikdagi eng boy qirol boʻlmagan oila“ sifatida tanildi.
Muhammad bin Ladin qirol Abdulazizning ommaviy yigʻilishlarida faol ishtirok etib, Saudiya qirollik oilasi bilan aloqalarni mustahkamladi. Keksa shohning harakatchanlik muammolarini xisobga olgan Muhammad Jiddadagi saroyda mashinalar uchun yoʻlak qurish tashabbusi bilan chiqdi, bu monarxga oʻz mashinasida qavatlar oʻrtasida harakatlanishga imkon berdi.
Muhammadning ajoyib moliyaviy muvaffaqiyati ishbilarmonlik, Saudiya Arabistoni hukumdorlariga sodiqlik, ishonchlilik va qurilish shartnomalari boʻyicha eng past taklifni berishga tayyorligida edi. Mahalliy qurilish firmalarini qoʻllab-quvvatlab, u 1940-yillarga kelib multimillionerga aylandi. Muhammad Saudiya Arabistonidagi loyihalarda ishtirok etgan katta ishchi kuchini yetishtirdi. 1948-yilda Muhammad boʻlajak shoh Saud uchun saroy qurish boʻyicha komissiyani qoʻlga kiritib, katta yutuqlarga erishdi. 1950-yillarning boshlarida, Britaniya kompaniyasi Jiddadan Madinagacha boʻlgan muhim yoʻlni qurish boʻyicha shartnomadan voz kechganida, Muhammad boʻshliqni toʻldirish uchun qadam qoʻydi va Saudiya Arabistonining qurilish loyihasida asosiy oʻyinchi sifatida oʻz rolini mustahkamladi.
„Qirollik quruvchisi“ sifatida Muhammad bin Ladin qirollik oilasi, xususan, Saudiya Arabistoni shahzodasi Faysal bilan yaqin aloqalarni saqlab qoldi. 1964-yilda shahzoda Faysal oʻgay ukasi qirol Saudni taxtdan tushirdi va Saud davridagi isrofgarchiliklardan keyin qirollikni qayta qurish boshlandi. Qirol Faysal Muhammad bin Ladinning milliy iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlash uchun moliyaviy yordam taklifini qabul qildi va mukofot sifatida qirol Faysal kelajakdagi barcha qurilish loyihalarini Muhammad bin Ladinning qurilish kompaniyasiga topshirish toʻgʻrisidagi qirollik farmonini imzoladi. Natijada, Binladin kompaniyasi 5 milliard dollardan ortiq mol-mulkni qoʻlga kiritdi. U dastlabki boyligini Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator arab mamlakatlaridagi barcha masjid va boshqa diniy binolar qurilishiga boʻlgan huquqlaridan topgan edi. 1967-yilgacha Muhammad bin Ladin Quddusda, Jome Al-Aqsodagi qayta tiklash uchun mutloq masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi.
Qirollik aloqalari va katta boyligiga qaramay, Muhammad bin Ladin nisbatan sodda va taqvodor hayot kechirib, bolalaridan qatʼiy diniy va axloqiy qoidalarga rioya qilishlarini talab qildi. Keyingi yillarda bin Ladin kompaniya tarmogʻi qurilishidan tashqari, asosan xorijiy investitsiyalar va neft sohasidagi tarmogʻini kengaytirdi.
Ayollari va bolalari Uning 22 xotinidan jami 52 nafar farzand tugʻilgan. Muhammad bin Ladinning uchta xotini boʻlib, toʻrtinchi xotinini tez-tez oʻzgartirib turardi.Taniqli Al-Qoida asoschisi Usoma bin Ladin () uning oʻgʻli boʻlgan, shunday boʻlsada ikkalasi bir-birini kamdan-kam koʻrishgan, faqat bir marta uchrashishgan. Usomaning onasi Hamida al-Attas () Suriyada tugʻilib oʻsgan. Keyinchalik esa Muhammad bilan turmush qurgan. U Saudiya ayollariga xos boʻlgan pardali va diniy libosdan koʻra, ayollar kostyum-shimini kiyib yurar edi. Hamida saudiyalik emasligi va uning ajnabiy kelib chiqishi saudiyalik oiladagi mavqeyini pasaytirdi va u yerda „qul xotin“ sifatida tanildi. Hamida Muhammadning oxirgi xotini edi, chunki Muhammad 1967-yilda kutilmaganda samolyot halokati tufayli vafot etdi. Karmen bin Ladinning soʻzlariga koʻra, Muhammad vafot etgan kechasi 23-xotiniga uylanishni rejalashtirgan, ammo samolyot halokatga uchragan edi.
Vafoti 1967-yil 3-sentyabrda Muhammad bin Ladinning Beechcraft G18S samolyoti Saudiya Arabistonining janubi-gʻarbiy qismidagi Asir viloyatining Usran hududiga qoʻnish paytida halokatga uchrashi oqibatida vafot etdiThe Bin Ladens — Steve Coll (Penguin, 2008), pp. 118–120.. Halokatdan soʻng Muhammadning jasadi ehtiyotkorlik bilan olib chiqildi va dafn etishga tayyorlandi.
Ertasi kuni tongda, uning jasadi saroyga yaqin atrofdagi qabristonga dafn etildi. Uning vafot etgani haqidagi xabar chuqur qaygʻu keltirdi, chunki Muhammad bin Ladin oilasida ham, Jidda aholisi orasida ham hurmatga sazovor shaxs edi. Dafn marosimi ulkan olomonni jalb qildi, qabristonga boradigan yoʻlda oʻn mingga yaqin odam tashrif buyurdi. Qirol Faysal yoʻqotishdan chuqur taʼsirlandi, chunki Muhammadning yaqin doʻsti edi. Dafn marosimidan soʻng qirol Faysal bin Ladin oilasi bilan uchrashdi va bolalariga ularni qirollik himoyasi ostida ekanligini xabar qildi. U bolalarini 21 yoshga toʻlganida merosning adolatli ulushini olishlari mumkunligini aytdi. Birlashtiruvchi shaxs sifatida Muhammadning yoʻqolishi bilan uning koʻplab xotinlari, sobiq xotinlari va bolalari Saudiya Binladin Group bilan oilaviy aloqalarini saqlab qolgan boʻlsalar-da, qirollikning turli qismlariga tarqala boshladilar. Muhammadning toʻngʻich oʻgʻli Salem bin Ladin oilaviy biznesini oʻz zimmasiga oldi va oxir-oqibat uni xalqaro kompaniyaga aylantirdi.
Manbalar