Abdulla Qodiriy – oʻzbek rejissor iUmid Hamdamov tomonidan 2021-yilda suratga olingan film. Film oʻzbek romanchiligining asoschisi, XX asrning yirik namoyondasi hamda taniqli oʻzbek jadidi Abdulla Qodiriy hayotini hikoya qiluvchi oʻzbek biografik hujjatli filmi. Film davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. Film oʻzbek yozuvchi Farrux Jabborovning „Assalomu alaykum, dorning ogʻochi“ nomli essesi asosida suratga olingan. Suratga olinishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilda „Adiblar xiyoboni“ majmuasiga tashrifi chogʻida, berilgan topshiriq yuzasidan „Xalq yuragi“ turkumi ostida suratga olishi boshlangan.

Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, Toshkent davlat texnika universiteti hamda „Cinerama Entertainment“ studiyasi hamkorligida suratga olingan. Suratga olish ishlari 2019-yil oxirida boshlangan. Filmda Qodiriyning 1926-yildan boshlab hayoti aks etadi. Rollarda Erkin Bozorov – roviy Elyorbek Atabayev – Abdulla Qodiriy Poʻlat Normatov – Kalvak maxsum, Toshpoʻlat tajang Fikrlar „Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021“ doirasi filmning premyerasi oʻtkazilgan. Unda bir qator oʻzbek ziyolilari ishtirok etib, oʻz fikrlarini bildirishgan:

Filologiya fanlari nomzodi Nazira Toshpoʻlatova

Ijodkor Mehrinoz Abbosova:

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston filmlari