Xoulud Faqih (arabcha: ) — falastinlik sudya va Yaqin Sharqdagi birinchi ayol shariat qozisiColleen Walsh, Finding 'a solution to closed doors', Harvard Gazette, 5 March 2013.

Xoulud Al-Quds universitetida huquq fakultetida tahsil olgan va 1999-yilda tamomlagan. 2001-yilda advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyaga ega boʻlgan. Ayollarga yuridik yordam va maslahat berish markazida ishlagan. 2003-yildan 2008-yilgacha kaltaklangan ayollarni himoya qilish tashkilotida ishlagan. 2005-yilda Al-Quds universitetida xususiy huquq yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini olgan. 2009-yilda Ramalla shariat sudiga sudya etib tayinlangan.

2012-yilda Middle East jurnali bosh direktori uni dunyodagi „100 ta eng kuchli arab ayollari“ roʻyxatida 10-oʻringa qoʻygan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Falastinlik sudyalar Turkum:Shariat qozilari Turkum:Ayol sudyalar Turkum:Ayol huquqshunoslar Turkum:Al-Quds universiteti bitiruvchilari