Anatoliy Ivanovich Suslov (; 1946-yil 24-fevral, Stupino, Moskva viloyati) – sovet futbolchisi, yarim himoyachi („dispetcher“) pozitsiyasida oʻynagan. SSSR Oliy ligasida 17 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

Biografiya Anatoliy Moskvaning „Dinamo“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, RSFSR yoshlar terma jamoasi sardori boʻlgan va 1964-yilda Butunittifoq yoshlar musobaqasi gʻolibi boʻlgan. 1964-yildan koʻk-oqlar oʻrinbosarlari oʻyinlarida ishtirok etishni boshlagan va keyingi olti mavsumda oʻrinbosarlar chempionatida 117 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Anatoliy 1965-yil 16-oktyabrda „Odessa Chernomorets“ jamoasiga qarshi oliy liga oʻyinida „Dinamo“ jamoasining asosiy jamoasida debyut qilganMatch Dinamo M – Chernomores O. footballfacts.ru . Professional faoliyati davomidagi birinchi golini 1967-yil 28-avgustda Kuybishevning „Krilya Sovetov“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Oʻzining iqtidori va murabbiylarning uning imkoniyatlarini yuqori baxolaganiga qaramay, „Dinamo“ jamoasining asosiy jamoasida oʻz oʻrniga ega boʻlmagan. 1967-yil Dinamo jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Konstantin Beskov Anatoliyning oʻyin uslubini yoqtirmagan. Hammasi boʻlib „oq-koʻklar“ jamoasi tarkibida oliy ligada 9 ta oʻyin (1 ta gol), SSSR kubogida 2 ta oʻyin va 11 ta oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etgan.

1969-yilgi mavsumda Anatoliy Barnaulning Dinamo jamoasiga oʻtgan va u yerda ikki mavsum davomida oʻynagan. 1971-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubi safida oliy ligada oʻynagan va sakkizta oʻyinda maydonga tushgan. 1972-yilda u Barnaulga qaytib, yana sakkiz mavsum mahalliy jamoada oʻynagan va jamoa sardori boʻlgan. Umuman olganda, Suslov milliy chempionatlarda Barnaul jamoasi uchun 300 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan (1978-yilgi mavsumni hisobga olmaganda 288 ta, oʻtkazilgan oʻyinlar haqida maʼlumot yoʻq).

Manbalar

Havolalar

Anatoliy Suslov Profil fc-dynamo.ru veb-saytida

Turkum:24-fevralda tugʻilganlar Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Dynamo Barnaul futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari